Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahriga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishida Sulaymonov Akrom Isomiddinovich shaharning yangi hokimi sifatida jamoatchilikka tanishtirilgan.
Akrom Sulaymonov 1969-yil Chiroqchi tumanida tug‘ilgan bo‘lib, ayni kunga qadar “O‘zmeliomashlizing” davlat unitar korxonasi ijrochi direktori lavozimida ishlab kelgan. Shahrisabz shahri hokimi To‘lqin Karimov viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryoning Mirzaobod tumaniga Jonibek Yariyev, Sirdaryo tumaniga Botirjon Mirzaqulov hokim etib tayinlangani, Samarqand viloyatining Narpay tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib Sherzod Rahmonov nomzodi tasdiqlangani, Kattaqo‘rg‘on tumaniga 25 kun ichida ikkinchi marta vaqtinchalik hokim tayinlangani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)