Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumaniga yangi hokim tayinlandi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

25-noyabr kuni xalq deputatlari Sayxunobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazilib, unda tashkiliy masala ko‘rib chiqilgan.

Sessiyada Botirjon Mirzaqulov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan tuman hokimi lavozimidan ozod etilgan. Tuman hokimi lavozimiga 2015-yildan buyon Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan podpolkovnik Farrux O‘ktamjonov tayinlandi.

Farrux O‘ktamjonov 1985-yilning 19-sentabrida Sirdaryo tumanida tug‘ilgan. 2007-yilda O‘zbekiston IIV Akademiyasini tamomlagan.

Tumanning avvalgi hokimi Botirjon Mirzaqulov qaysi ishga o‘tganligi xabarda ma’lum qilinmagan.

Avvalroq Sirdaryoning Mirzaobod tumaniga Jonibek Yariyev hokim etib tayinlangani, Samarqand viloyatining Narpay tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib Sherzod Rahmonov nomzodi tasdiqlangani, Kattaqo‘rg‘on tumaniga 25 kun ichida ikkinchi marta vaqtinchalik hokim tayinlangani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Sherzod Xo‘jaev elektrni bir sutkada 2 soat o‘chirish yetarli emasligini aytdi
Mahalliy
O‘zbekistonda Ai-80 markali benzin narxi tushishi kutilmoqda
Dunyo
Malakali mutaxassislar uchun 2022-yildagi eng jozibador davlatlar reytingi e’lon qilindi