• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda quyosh energiyasidan foydalanish uchun ruxsatnoma shart emas, buning uchun soliq to‘lanmaydi — Energetika vazirligi

    Energetika vazirligi uyida quyosh energiyasidan foydalanuvchi jismoniy shaxslar uchun hech qanday ruxsatnoma talab etilmasligini ma’lum qildi. Shuningdek, ulardan hech qanday soliq va boshqa turdagi to‘lovlar undirilmaydi, deb xabar beradi “Kun.uz”.

    Foto: Norma

    Foto: Norma

    Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayevning ma’lum qilishicha, aholi tomonidan quyosh yordamida o‘z ehtiyojlari uchun energiya ishlab chiqarganda soliqqa tortiladi, degan gapning o‘zi davlat siyosatiga qarshi ketishni anglatadi.

    “Hech qanday soliq yo‘q, qo‘shimcha to‘lov ham yo‘q. Aksincha, mana shunday texnologiyalarni import qilish, ishlab chiqarishda davlat tomonidan chegirma va preferensiyalar berilgan. Mahsulot tannarxini pasaytirish, aholi orasida mahsulot ommaviyligini kengaytirishi uchun bu ishlar bajariladi”, — deydi vazir o‘rinbosari.

    Ta’kidlanishicha, 2019-yil 21-mayda qabul qilingan “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan (QTEM) elektr energiyasi ishlab chiqarish, shu jumladan, shaxsiy manfaatlarda foydalanish uchun boshqa turdagi QTEMlar ham o‘z aksini topgan.

    QTEMdan foydalanadigan jismoniy shaxslar bilan bir qatorda, qonun bilan boshqa ikki turdagi elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilari ham belgilangan. Bular lokal tarmoq orqali yuridik va jismoniy shaxslarning ehtiyojlari uchun elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilari va QTEMdan yagona energetika tizimiga elektr energiyasi yetkazib beruvchi ishlab chiqaruvchilar.

    Shu bilan birga, QTEMdan yagona energetika tizimiga elektr energiyasini yetkazib beruvchilarga tarmoqqa kafolatli ulanish huquqi berilgan. Tabiiyki, bu yerda qayta tiklanuvchi energiyadan o‘z ehtiyojlari uchun emas, balki tadbirkorlik, ya’ni elektr energiyasini sotish maqsadida foydalanish haqida gap ketganda, amaldagi biznes qonunlari qo‘llaniladi.

    Va birinchi turdagi ishlab chiqaruvchilar uchun, ya’ni quyosh energiyasini o‘z ehtiyojlari uchun ishlab chiqaradiganlar uchun nafaqat shartnomalar talab etilmasligi, balki ularga rag‘batlantiruvchi imtiyozlar ham mavjud.

    Agar aholi faqat qayta tiklanuvchi energiyadan foydalangan holda, ya’ni mavjud energiya tarmoqlaridan to‘liq uzilgan taqdirda, ularga jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘idan va yer solig‘idan uch yil muddatga (QTEMdan foydalanish oyidan boshlab) ozod qilinadi.

    2019-yil 22-avgustda O‘zbekiston Prezidentining “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4422-son qarori qabul qilindi. Mazkur qarorda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanuvchilar uchun qo‘shimcha imtiyozlar berilgan. Xususan, 2020-yilning 1-yanvaridan boshlab mamlakatda davlat budjeti hisobidan jismoniy shaxslarga quyosh fotoelektr stansiyalari uchun (3 million so‘mdan ortiq bo‘lmagan), quyosh suv isitkichlari uchun (1,5 million so‘mdan ortiq bo‘lmagan), shuningdek, energiya tejamkor gaz-gorelkali qurilmalar uchun esa (200 ming so‘mdan ortiq bo‘lmagan) sotib olish qiymatining uchdan bir qismi qoplanishini nazarda tutuvchi tartib joriy qilinishi belgilangan.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya qurilmalarini o‘rnatganlar 10 yil muddatga mulk va yer solig‘idan ozod qilinadi

    Shuningdek, bu tadbirlar qatorida jismoniy va yuridik shaxslarga qayta tiklanuvchi energiya qurilmalari, energiya tejamkor gaz-gorelkalari va qozonxonalar, shuningdek, boshqa energiya tejamkor uskunalar sotib olish uchun tijorat banklari kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash (kompensatsiyalar) ko‘zda tutilgan.

    Avvalroq energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev O‘zbekistonning bir nechta hududlarida quyosh, shamol va issiqlik elektr stansiyalari qurilishini, 2021-yilda ham narxni oshirmaslik bo‘yicha topshiriq olganliklarini ma’lum qilgandi.

    25.11.2020, 21:36   Izoh (0)   38962
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda elektr energiyasi ta’minoti bo‘yicha 10 kunda 70 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan

    25.11.2020, 20:59

    Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘iga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

    25.11.2020, 20:35

    Qashqadaryoda Sherzod Shermatov ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Shahrisabz hokimi viloyat xalq ta’limi boshqarmasiga yangi rahbar etib tayinlandi

    25.11.2020, 20:11

    Shahrisabz shahriga yangi hokim tayinlandi. Sobiq hokim viloyat XTB rahbarligiga o‘tkazilgandi

    25.11.2020, 19:10

    Farrux Ziyayev Uzcard bosh direktori etib tayinlandi

    25.11.2020, 18:59

    Qozog‘istonning yirik savdo tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga kirishga tayyorlanmoqda

    25.11.2020, 18:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42
    Audio Icon

    Kosmosdan quruqlikkacha: AQSHning “Oltin gumbaz” raketa qalqoni 4 qatlamdan iborat bo‘ladi

    13 avgust, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘limidan 10 daqiqa o‘tib, qayta tirilgan erkak taassurotlari bilan bo‘lishdi

    Dunyo | 13 avgust, 18:30

    O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasidagi “Tul” nazorat-o‘tkazish punkti vaqtincha yopildi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 18:20

    Alina Kabayeva yashaydigan Putin qarorgohida havo mudofaasi kuchaytirildi — OAV

    Dunyo | 13 avgust, 18:10

    Tez ayniydi: muzlatkich eshigida saqlash mumkin bo‘lmagan 7 ta mahsulot

    Layfstayl | 13 avgust, 18:00

    Joriy yilda 5,2 mln fuqaroni ish bilan taʼminlash rejalashtirilgan — Obid Hakimov

    O‘zbekiston | 13 avgust, 17:54

    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!

    Reklama | 13 avgust, 16:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.