So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12206.13
    • RUB 127.07
    • EUR 12981.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    “Iste’molchilar e’tirozi sabab MIB xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi” — Hududiy elektr tarmoqlari

    24.11.2020, 20:40 20141

    “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ faoliyatida elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE) yo‘lga qo‘yilgach yetkazib berilgan elektr energiyasi bo‘yicha pul tushumi sentabr oyida 107 foizga bajarilgan. Bu haqda 24-noyabr kuni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov.

    Foto: “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmati

    Foto: “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmati

    “Elektr energiyasi bo‘yicha to‘lov va qarzdorliklarni undirishda Majburiy ijro byurosi o‘ziga yarasha ishlarni amalga oshirdi. Ushbu vakolat MIBga o‘tmasdan avval energetika sohasida oyliklar uch, to‘rt oylab berilmas edi, soliqdan har oyda qarzdor bo‘lardik, to‘lay olmasdik. Bu tashkilot bilan birga ishlaganimizdan keyin mablag‘ ko‘p tushishni boshladi, maoshlarni oyma-oy to‘lashga o‘tdik va soliqlarni ham o‘z vaqtida to‘lashni boshladik. Lekin MIB bu ishlarni ma’lum haq evaziga qilardi: tushgan mablag‘dan 10 foizini o‘ziga olardi. ASKUE tizimi joriy etilgach MIBning vakolati yana o‘zimizga qaytarib berildi, ya’ni tashkilot pul yig‘ish jarayonidan chiqib ketdi. 2020-yilning avgust oyidan boshlab pul yig‘imi yana ‘Hududiy elektr tarmoqlari’ AJ vakolatiga o‘tdi. MIB pul yig‘ish jarayonida ishtirok etmaydi, faqat ijro bilan shug‘ullanadi. Sentabr oyi yakuniga ko‘ra, tashkilotimiz yetkazib berilgan elektr energiyasi bo‘yicha pul tushumini 107 foizga bajardi. Oktabr oyida ham 100 foizdan yuqoriladi”, — dedi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Jahongir Obidjonov.

    Foto: “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmati

    Foto: “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmati

    Uning aytishicha, iste’molchilar e’tirozi tufayli MIB xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi kutilmoqda.

    “ASKUE tizimi yo‘lga qo‘yilganidan so‘ng tumanlar, chekka hududlarga chiqib, aholi bilan ishlashni boshladik. Muloqotlar jarayonida iste’molchilarda qarzdorlikka oid turli tushunmovchiliklar yuzaga kelayotganining guvohi bo‘ldik. Ular ‘MIBga to‘lov qilgandim, sizlarning bazangizda ko‘rinmabdi. Qo‘limda to‘lov qilganim haqida qog‘oz bor, nima uchun bunday holat bo‘lgan’, deya haqli savollar bilan murojaat qilishdi. MIBga mablag‘ni to‘laganidan so‘ng u pul bizning hisobraqamimizga tushishi kerak. Ya’ni ishlatgan elektr energiyasiga to‘lov qilgach qarzdorlik kamayishi lozim. Haqiqatan, o‘sha paytda MIBga qilingan to‘lov bizning bazaga kelib tushmaganligi aniqlanyapti. Natijada iste’molchilarda bizga nisbatan e’tirozlar paydo bo‘lmoqda.

    Shuni alohida aytish kerakki, bu kabi holatlar juda ko‘p uchrayotganligi tufayli Majburiy ijro byurosi direktori Hasan aka Kabirjonov bilan gaplashdik. To‘lovlarni yig‘ish vakolati MIBda bo‘lgan davrda aholidan pulni olgan, ammo kirim qilmagan MIB xodimlari ustidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi va bu ish oxiriga yetkazilishiga kelishdik. Jabr ko‘rgan iste’molchilar ro‘yxatini shakllantirib, tuman va respublika MIBga taqdim etadigan bo‘ldik. Bu masala operativ ravishda hal etilishi rejalashtirildi. Yakuniy natijaning qandayligini xizmat tekshiruvidan keyin bilamiz”, — dedi Obidjonov.

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekistonda 2021-yildan barcha iste’molchilar elektr energiyasi uchun to‘lovlarni oldindan amalga oshirishi mumkin
    • Elektr energiyasidan qarzdorligi ko‘p viloyatlar uchligi ma’lum qilindi
    • O‘zbekistonda dekabr oyidan ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi hajmi oshishi kutilmoqda
    • Hasan Kabirjonov MIB direktori etib tayinlandi
    • “Bunday bo‘ladigan bo‘lsa, eski o‘lchagichlarni joyiga qo‘ysin”. Zangiotada 1200 ta xonadonga noreal qarzdorliklar yozilib, elektrdan uzilgani aytilmoqda

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga yordam beradigan tonggi odatlar

    Bugun, 10:48

    Yod tanqisligi inson intellekti va IQ darajasi susayishiga sabab bo‘ladi

    Bugun, 10:39

    Janubiy Koreya Shimoliy Koreyaga tashviqot varaqalari yuborishni taqiqlovchi qonunni bekor qildi

    Bugun, 10:27

    Ichki ishlar vazirligi nazoratsiz va qarovsiz qolgan voyaga yetmaganlar ro‘yxatini shakllantiradi

    Bugun, 10:23

    Toshkentda isitish magistralidagi nosozliklar sabab ayrim hududlarda issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

    Bugun, 10:17

    O‘zbekistonda ommaviy ahamiyatga ega noyob obyektlar eskiz loyihasi bo‘yicha arxitektura tanlovi o‘tkaziladi

    Bugun, 10:11

    O‘zbekistonda 15 yildan beri qidiruvda bo‘lgan shaxs Qozog‘istonda ushlandi

    Bugun, 09:45

    Donald Tramp firibgarlikda aybdor deb topildi

    Bugun, 09:41

    Toshkent viloyatida salkam 400 gramm opiyni bojxonadan ichki a’zosiga yashirib olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    Bugun, 09:37

    Kamola Arslonova “Opa-singillar”ga qanday kelib qolgani, turk qaynonasining sevimli kelini ekani va Gavhar Sharipova bilan bog‘liq armoni haqida (video)

    Bugun, 09:28

    Tavsiya etamiz

    Bosh prokuratura binosi oldida tadbirkordan norozilar to‘plandi: mahalla raisi namoyishchilar yollangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda

    23:00 / 26.09.2023

    Tobut ko‘tarib ketayotgan politsiyachilar, joniga qasd qilayotgan erkak, o‘g‘lini ish joyiga olib kelgan Ilon Mask — 26-sentabr suratlari

    23:00 / 26.09.2023

    “Namanganda kasallangani aytilayotgan bolalarning barchasi sog‘ayib, uyiga qaytgan” — sog‘liqni saqlash vaziri

    21:00 / 26.09.2023

    Gunohlarni yuvish marosimi, suvga oqizilgan farovonlik xudosi, qidiruvdagi diktator — 25-sentabr suratlari

    22:00 / 25.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    Andijonda yana bir mashina zavodi ishga tushirildi (video)

    22:00 / 26.09.2023

    Jizzaxda yuk mashinasi YPX maskaniga tiqilib qolgani aytilgan video tarqaldi (video)

    19:00 / 26.09.2023

     O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi Turkiyadagi xotin-qizlarni ogohlantirdi

    23:00 / 26.09.2023

    “Biz tayyormiz” — Medvedev Rossiya NATO bilan jang qilishi haqida gapirdi

    19:00 / 26.09.2023

    Hind kinosi afsonalari — Amitabh Bachchan va Raj Kapurning nabirasi Agastya Nanda aktyorlikka qadam qo‘ydi

    09:00 / 26.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?