So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12212.07
    • RUB 127.16
    • EUR 12992.42
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    “Bunday bo‘ladigan bo‘lsa, eski o‘lchagichlarni joyiga qo‘ysin”. Zangiotada 1200 ta xonadonga noreal qarzdorliklar yozilib, elektrdan uzilgani aytilmoqda

    21.10.2020, 20:36 47529

    Yuzga yaqin iste’molchi 19-oktabr kuni Zangiota tumani elektr ta’minoti korxonasi oldida to‘plandi. Bunga korxonaning aholini ogohlantirmasdan elektr tarmog‘idan uzib qo‘ygani sabab bo‘lgan, deya xabar qilmoqda “Kun.uz”.

    Foto: “Kun.uz”

    Zangiotalik Rahimjon Mirzayev ishlatilgan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni dastlab eski hisoblagich ko‘rsatkichlari bo‘yicha, so‘ngra yangisi bo‘yicha to‘laganini, shundan keyin ham korxona uni 507 ming so‘mga qarzdor qilib qo‘yayotganini aytmoqda.

    U 17-oktabr kuni xonadoni elektr tarmog‘idan uzilgani, yo‘q joydan chiqib kelgan qarzlarni to‘lash uchun navbatda turganini ta’kidlaydi.

    “26-iyunda ishlatilgan elektr energiyasi uchun 700 ming so‘m naqd to‘laganman. Undan oldingi to‘lov esa 1 million 35 ming so‘m bo‘lgan. 5-avgustda hisoblagichlarimiz almashtirildi. Kecha O‘zgarishdagi kassaga borsam, elektrdan 704 ming so‘m qarzingiz bor ekan, deb aytishyapti.

    Ma’lum bo‘lishicha, bizdan 700 ming so‘m naqd pul olgan MIB inspektori hisobimizga 70 ming so‘m o‘tkazgan. Bu bizning aybimiz emas-ku. Inspektorning aybi bilan yuzaga kelyapti qarzdorlik, men o‘z vaqtida to‘laganman. Birovlarning aybi uchun uch kundan beri ‘svet’siz o‘tiribmiz.

    MIB inspektorini topib telefonda gaplashdim. Yoningizdan 700 ming so‘m to‘lab turing, haftaning oxirida sizga bankdan yechib olib borib beraman, deydi. Elektr tarmoqlari korxonasi mas’ullari MIBdagilarni aybdor qilib ko‘rsatishyapti”, – deydi Baxtiyor Abdullayev.

    Baxtiyor Abdullayev

    Baxtiyor Abdullayev
    Foto: “Kun.uz”

    Ma’mura Hayitova ikki nafar nogiron qarindoshining nomidan vakil bo‘lib kelganini, ular to‘lovlarni oyma-oy to‘lab borishgan bo‘lsa-da, qarzdor bo‘lib chiqishayotganini aytadi.

    Ma’mura Hayitova

    Ma’mura Hayitova
    Foto: “Kun.uz”

    “Nogiron qarindoshlarimning nomidan vakil bo‘lib keldim. Ular gapirolmaydi, hozir ‘svet’siz o‘tirishibdi. To‘lovlarni vaqtida to‘lashgan. Barcha to‘lov kvitansiyalarini ko‘rsatib, mas’ullar qarzimiz borligi, to‘laganimizdan keyin elektrni yoqib berishlarini aytishdi.

    Avvaliga 300 ming qarzimiz borligini aytishdi, uni to‘lasak yana 300 ming qarzsizlar, deyishdi. Noiloj uni ham to‘ladik. Hozirgacha oshiqchasi bilan 700 ming so‘m to‘lab qo‘ydik. To‘lovni qilgandan so‘ng SMS xabar jo‘natinglar, ‘svet’ yonadi deyishdi. Lekin aytgan raqamiga SMS xabar umuman ketmayapti”, – deydi u.

    Foto: “Kun.uz”

    Boshqa bir iste’molchi Sayyora Turopova ham yangi hisoblagich o‘rnatilgani ortidan kelib chiqqan ovoragarchiliklardan shikoyat qildi.

    “Elektr tarmoqlari korxonasiga kelib eshikni taqillatsak, hech kim ochmaydi. Nega ochishmaydi? Ikkita qari kampirning mazasi qochib qoldi. Suv sepib, o‘ziga keltirdik. Nima zarur ularga ham? Bunday bo‘ladigan bo‘lsa, eski o‘lchagichlarni joyiga qo‘ysin. O‘sha bilan to‘lanaveradi. Nima qiladi xalqni qiynab? Bu yerda to‘lov qilganlarni ham ‘svet’i haligacha yonmagan”, – deydi Turopova.

    Zangiota tumani elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i Ibrohim Nig‘manov yuzaga kelgan tushunmovchilikka ishlatilgan elektr energiyasi to‘lovlari o‘z vaqtida to‘lanmagani sabab bo‘lganini bildirdi.

    Uning aytishicha, Zangiota tumanidagi iste’molchilar elektr energiyasi nazorati va hisobi avtomatlashtirilgan tizimga (ASKUE) o‘tkazilgan bo‘lib, iste’mol qilingan elektr energiya uchun qarzdorlar masofadan avtomatik tarzda elektr ta’minotidan uzib qo‘yilmoqda.

    Zangiota tumani elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i Ibrohim Nig‘manov

    Zangiota tumani elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i Ibrohim Nig‘manov
    Foto: “Kun.uz”

    “3 yil davomida elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari odamlarning uylariga bormagan. MIB inspektorlari uyma-uy yurib, qarzlarni undirgan. Bugungi kunda tumandagi barcha elektr hisoblagichlar yangisiga almashtirilyapti. Ushbu jarayonda ayrim inspektorlar aholidan pulni olgan bo‘lsa-da, kassaga kirim qilmagani ko‘rinib qolyapti.

    Qaysidir tashkilot fuqarodan to‘lovlarni olgan bo‘lsa-yu, uni iste’molchining hisobiga kirim qilmagan bo‘lsa, bu bizning aybimiz emas-ku. Shu paytgacha qarzlarni MIB undirgan, biz tuman elektr tarmoqlari korxonasimiz. Bizda nima ayb, pul bazaga kelib tushmagan bo‘lsa, bu onlayn tarzda qarzdorlarni o‘chirsa, elektr ta’minoti korxonasining aybi nimada? Bu masala bizga bog‘liq bo‘lganda, xodimlarimiz shu ishni qilganda masala hal bo‘lardi.

    Bundan tashqari, hisob raqamlarning noto‘g‘ri yozilishi yoki u pul boshqa yoqqa tushishi hisobiga ham qarzdorlik yuzaga kelayotgan holatlar ham bor. Bazamizda iste’molchilar qarzdor deb sanalgani sababli xonadonlar elektr tarmog‘idan uzilmoqda. Qarzi bo‘lmaganlarni uzayotganimiz yo‘q.

    Qolaversa, bu jarayonga inson omili aralashmagan, yangi hisoblagichlar avtomatlashtirilgan bo‘lib, baza avtomatik tarzda qarzdorlarni uzyapti”, – deydi Ibrohim Nig‘manov.

    Foto: “Kun.uz”

    Tuman elektr korxonasi boshlig‘i aholi nima uchun avvaldan ogohlantirilmaganiga ham izoh berdi.

    “Iste’molchini ogohlantirmasdan uning xonadonini tarmoqdan uzib qo‘yishga haqimiz bormi? Aholi xonadonlaridagi elektr hisoblagichlarni yangisiga almashtirib, dasturga kirityapmiz. O‘sha paytda qarzdor bo‘lgan fuqarolar qarzini to‘lab, bazaga telefon raqamlarini kiritib qo‘yishlari kerak edi. Yuqorida aytilganidek, bu ishlarni dastur amalga oshirmoqda. Telefon raqamingiz kiritilsa, uch kun oldin ogohlantirish haqida xabar boradi.

    Zangiota tumanida 50 mingta iste’molchi bor. Endi 1200 ta xonadon qarzdorlik sabab o‘chirildi. Shu tarzda qarzga kirgan iste’molchilar tarmoqdan uzib borilaveradi. Lekin hisobida puli bo‘lgan abonent o‘chayotgani yo‘q”, – deya ta’kidladi Zangiota tumani elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i.

    Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlar va Telegram’dagi kanallarda 17-oktabr kuni Zangiota tuman elektr ta’minoti korxonasi iste’molchilarni ogohlantirmasdan tarmoqdan uzib qo‘yayotgani, elektron xizmatlar yordamida qarz to‘langandan keyin ham muammo hal bo‘lmayotgani, natijada TETK oldida tumonat olomon yig‘ilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

    “Toshkent HETK” AJ yuzaga kelgan holatga munosabat bildirib, tumandagi iste’molchilar elektr energiyasi nazorati va hisobi avtomatlashtirilgan tizimga o‘tkazilgani, hozirgi kunga kelib, qarzdorligi mavjud iste’molchilar tarmoqdan uzib qo‘yilayotgani, to‘lovlar to‘langandan so‘ng ma’lum vaqt ichida elektr energiyasi ta’minoti yana qayta tiklanayotganini ma’lum qilgan.

    Avvalroq Toshkent viloyatidagi Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasida elektr ta’minoti uzilib qolib, bemorlar vafot etgani haqida xabarlar tarqalgandi. Keyinroq SSV va “Hududiy elektr tarmoqlari” bu xabarni rad etgan.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda elektr energiyasini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi 2021-yildan ishga tushiriladi

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Chilonzorda 29 tup ko‘p yillik daraxt kesib tashlangani bo‘yicha yangi ma’lumotlar e’lon qilindi

    Bugun, 10:25

    AQSH Putinni San-Fransiskodagi sammitga taklif qilmadi

    Bugun, 10:18

    O‘zbekistonda 2022-yilda qancha voyaga yetmagan shaxs sudlangani ochiqlandi

    Bugun, 10:14

    Neymar “Santos”ga qaytmoqchi

    Bugun, 09:52

    Hind kinosi afsonalari — Amitabh Bachchan va Raj Kapurning nabirasi Agastya Nanda aktyorlikka qadam qo‘ydi

    Bugun, 09:40

    Rossiyada voyaga yetmagan ikki farzandi bilan og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

    Bugun, 09:35

    Qorabog‘ harbiylari Ozarbayjonga texnika va qurollarini topshirmoqda (video)

    Bugun, 09:24

    Xorazmda ishga kiritib qo‘yish uchun 2,5 ming dollar so‘ragan hamshira qo‘lga olindi

    Bugun, 08:58

    Farg‘onada maktab o‘quvchisi 5 yoshli bolani pnevmatik qurol bilan otib qo‘ydi

    Bugun, 08:47

    Toshkentning uchta tumani hududida elektr energiyasi ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

    Bugun, 08:44

    Tavsiya etamiz

    Gunohlarni yuvish marosimi, suvga oqizilgan farovonlik xudosi, qidiruvdagi diktator — 25-sentabr suratlari

    22:00 / 25.09.2023

    O‘zbekistondagi bog‘cha va maktab bolalariga berilgan yod ishlab chiqaruvchisi xalqaro qidiruvda ekani aytilmoqda

    18:00 / 25.09.2023

    Rekord o‘rnatgan ayollar, oq tovuqlar so‘yiladigan marosim, 213 yilligini nishonlayotgan davlat — hafta suratlari

    22:00 / 24.09.2023

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    22:00 / 23.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekistondagi bog‘cha va maktab bolalariga berilgan yod ishlab chiqaruvchisi xalqaro qidiruvda ekani aytilmoqda

    18:00 / 25.09.2023

    Rossiya do‘st va neytral davlatlar ro‘yxatini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston ham bor

    16:00 / 25.09.2023

    “Men boylik uchun turk yigitiga turmushga chiqmaganman” — “Opa-singillar” serialidagi Shahnoza bugungi hayoti va ijodni nega tark etgani haqida (video)

    21:00 / 25.09.2023

    Maktab sinfxonasida doskani urib tushirgan o‘quvchi voqeasiga aniqlik kiritildi

    15:00 / 25.09.2023

    Putin Ukraina qarshi hujumini to‘xtatish uchun Shoyguga muhlat berdi — ISW

    20:00 / 25.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?