• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Bloomberg talab eng yuqori bo‘lgan COVID-19’ga qarshi vaksinalar reytingini tuzdi

    Dunyoda ishlab chiqarilayotgan koronavirusga qarshi vaksinalar xaridlarning aksariyati Buyuk Britaniyaning AstraZeneca kompaniyasi tomonidan yaratilgan vaksinaga to‘g‘ri kelmoqda. Bu Airfinity Ltd tadqiqot kompaniyasi va Oksford universiteti ma’lumotlari asosida tuzilgan Bloomberg reytingidan ma’lum bo‘ldi, deb yozmoqda “RBK”.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Agentlikning ta’kidlashicha, AstraZeneca vaksinasining 40 foizidan ko‘prog‘i yoki 2,4 milliard dozasi o‘rta va kam daromadli mamlakatlarga to‘g‘ri keladi. Taqqoslash uchun: Qo‘shma Shtatlar ushbu preparatning 300 million dozasini, Yevropa mamlakatlari 505,3 million dozasini buyurtma qilgan. AstraZeneca vaksinasining o‘rtacha samaradorligi 70 foizni tashkil etadi va samaradorligi 95 foiz bo‘lgan AQShning Pfizer va Moderna kompaniyalarining vaksinalariga qaraganda past.

    Bloomberg’ning yozishicha, bunday talab AstraZeneca vaksinasining arzonligi bilan bog‘liq. Kompaniya pandemiya paytida vaksinadan foyda ko‘rishni mo‘ljallamasligini va preparat uchun narxni 4—5 dollar qilib belgilashini ma’lum qilgan. Taqqoslash uchun, AQSh uchun Pfizer vaksinasining dozasi 19,5 dollarni tashkil etadi (ikkala komponentning qabul qilinishi 39 dollarga tushadi), Moderna vaksinasining narxi esa 32—37 dollarni tashkil etadi.

    Agentlikning qayd etishicha, AstraZeneca vaksinasining yana bir katta ustunligi mavjud. Uni muzlatgich haroratida saqlash mumkin, Pfizer va Moderna vaksinalari esa past haroratni talab qiladi. Masalan, Pfizer Selsiy shkalasi bo‘yicha minus 70 darajada saqlanadi.

    Koronavirusga qarshi vaksinaga berilgan buyurtmalar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rin AQShning Novavax kompaniyasiga tegishli (1,4 milliard doza, shundan 160 millioni AQShda, 100 millioni Yevropada), uchinchi o‘rindan Johnson & Johnson (1,3 milliard doza, shundan 430 millioni AQShda, 300 millioni Yevropa mamlakatlarida) kompaniyasi joy olgan.

    Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi 537,4 million doza buyurtma bilan reytingda yettinchi o‘rinda turibdi. Ushbu vaksinani Yevropa davlatlari va AQSh sotib olmaydi. Rossiyada koronavirusga qarshi ikkita vaksina — “Sputnik V” va “EpiVacCorona” ro‘yxatdan o‘tgan. Mamlakatda vaksinalarning ro‘yxatdan o‘tgandan keyingi sinovlari ko‘ngillilar ishtirokida olib borilmoqda.

    Ishlab chiqarilishi Hindiston va Braziliyadagi farmatsevtika kompaniyalari bilan kelishilgan “Sputnik V” vaksinasining Rossiyadagi narxi keyingi haftada e’lon qilinadi. Vaksinani yaratishga homiylik qilgan Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya jamg‘armasining ma’lumotlariga ko‘ra, uning narxi Pfizer va BioNTech (1,1 milliard doza buyurtma, Bloomberg reytingida beshinchi o‘rin) yoki Moderna (778,2 million doza, oltinchi o‘rin) vaksinalari narxidan “ancha past” bo‘ladi. Moderna vaksinasining bir dozasi narxi 25—37 dollarni tashkil qiladi. Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, Pfizer va BioNTech kompaniyalari vaksinasining dozasi, agar Yevropa Ittifoqi 300 million dozani 4,6 milliard yevroga sotib olsa, 18,3 dollarni tashkil qiladi.

    Dunyoda bunday dorilarni ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalardan biri bo‘lgan Hindiston zardoblar instituti mutaxassislarining fikriga ko‘ra, Yerning barcha aholisini ikki komponentli vaksinalar bilan emlash uchun 15 milliard doza vaksina talab qilinadi. “Farmatsevtika kompaniyalari ushbu miqdordagi vaksinalarni 2024-yilgacha ishlab chiqarishi mumkin”, — dedi tashkilot ijrochi direktori.

    Mavzuga doir: 

    • Koronavirusga qarshi samaradorligi e’tirof etilgan ikki vaksina. Ular haqida nimalarni bilish kerak?
    • AstraZeneca’ning koronavirusga qarshi vaksinasi 70 foizga samarador bo‘lib chiqdi. Uni boshqa kompaniyalarning vaksinasiga qaraganda saqlash oson

    24.11.2020, 07:06   Izoh (0)   16033
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bayden AQSh davlat kotibi lavozimiga kimni tayinlashi ma’lum bo‘ldi

    24.11.2020, 06:21

    Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi valiahd shahzodaning Isroil bosh vaziri bilan muzokara olib borganini rad etdi

    24.11.2020, 06:07

    Bloomberg: tarixda birinchi marta neftni qayta ishlash sohasidagi yetakchi mamlakat o‘zgarishi mumkin

    24.11.2020, 01:25

    Oksford lug‘ati 2020-yilning yagona so‘zini tanlay olmadi, uning o‘rniga 16 ta so‘z tanlandi

    23.11.2020, 23:36

    Bill Geyts yangi pandemiyaning boshlanish muddatini taxmin qildi

    23.11.2020, 22:35

    Vladimir Zelenskiy koronavirusdan sog‘aydi

    23.11.2020, 21:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.