Shavkat Mirziyoyev 20-noyabr kuni “O‘zbekfilm” kinostudiyasiga tashrif buyurib, bu yerda amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirdi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Oliy Majlisga 2020-yilda yo‘llagan murojaatnomasida kinematografiya sohasida badiiy jihatdan yetuk asarlar yaratish, zamonaviy kinoindustriyani rivojlantirish, jumladan, yangi kinoteatrlar qurish lozimligini ta’kidlagan edi.

Qayd etishlaricha, shu maqsadda sohaga katta mablag‘ yo‘naltirilgan. Xususan, “O‘zbekfilm”dagi barcha pavilyonlar ta’mirlanib, yangi kartinalar suratga olish uchun sharoit yaxshilangan.

Mazkur kinostudiya va hujjatli filmlar studiyasini zamonaviy texnikalar bilan jihozlash davom etmoqda. Prezident matbuot xizmati kinostudiyaning ta’mirdan keyingi holati aks etgan suratlarni e’lon qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati