• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Hokimlar Trailblazer sotib olib, balki UzAuto’ni qo‘llab-quvvatlayotgandir”. Iqtisodchi blogerlar Davlat xaridlari portalida amalga oshirilayotgan xaridlar haqida

    YouTube’dagi “Ular” loyihasining navbatdagi sonida Telegram’dagi “Bakiroo” kanali yurituvchisi Otabek Bakirov hamda “Milliy banklararo protsessing markazi” (Humo) direktori Shuhrat Qurbonov amaldorlarning Davlat xaridlari portali orqali qimmat avtomobillarni sotib olayotganiga va bu portalning asl vazifasi nima ekanligi to‘g‘risidagi fikrlari bilan bo‘lishdi.

    Kadr: YouTube

    Kadr: YouTube

    Suhbat davomida Davlat xaridlari portali sabab hokimlarning Trailblazer avtomobillarini sotib olayotgani barchaga oshkor bo‘lib qolayotgani, o‘zi ushbu portalning nega kerakligi haqida fikr almashilgan.

    Davlat xaridlari portali— eng zo‘r fikr. Chunki bu ochiqlikka olib keladi va asl maqsadi ikki tomonlama — ma’lumot ochiqligi va har xil qing‘ir yo‘llar bilan o‘marib turganlar oldida qiyinchilik tug‘diradi. Oldin hech kimdan hech nima so‘ramasdan, shundoq shartnoma orqali hech kimga aytmasdan qilib yuborgan bo‘lsangiz, endi qiyinchiliklarga duch kelasiz: qonun-qoida bo‘yicha shartnoma shartlarini qo‘yishingiz kerak. Ya’ni Trailblazer olaman deb (talab — tahr.) qo‘yishingiz kerak va sizga har xil takliflar kelib tushadi. Qoidasi bo‘yicha eng arzon taklifni olib ketasiz. Bu qanchalik ishlayapti — masala og‘ir. Informatsion tarafdan aytganimdek, katta yutuq bo‘ldi.

    Davletovuz va boshqa blogerlar yozib chiqqanidan keyin bu narsa hammaning e’tiboriga tushdi. Shu vaqtgacha bitta-ikkita holatni ko‘rmasak, hech qaysi OAV yoki xizmatlar bu bilan qiziqib ko‘rmadi. Balki qiziqqandir, lekin hech qanaqa ma’lumot yo‘q. Surxondaryoda, masalan, xatni qalbakilashtirgani umuman miyamga sig‘maydi, odamning kallasi qay darajada ishlamasligi kerak hujjatni qalbakilashtirish uchun, bilmadim. Yana bitta misol, qaysidir depozitga pul qo‘yganda shartnoma o‘rniga chiroyli rasmni qo‘yib qo‘yishgan. Bu ham xato bo‘lishi mumkin, lekin bu nimadan dalolat beradi — hech kim qaramagani, o‘rganilmagani yoki vaqti kelmaganidan. Endi blogerlar qiziqib ko‘rsatgani uchun eshitishimcha, har bir tahririyatda xaridlar bo‘yicha alohida bitta odamni yollashgan. Bitta talabani yollashgan, uning qiladigan ishi ertalabdan kechgacha “Dxarid.uzex.uz”ni kuzatib o‘tirish. Bu yaxshi, chunki odamda sal-pal qo‘rquv paydo bo‘ladi… Qoraqalpog‘istonda yozib chiqishdi-ku, bo‘ldi, olmaymiz, deb. Buyam bir effekt bo‘lsa kerak, balki boshqalar ham bekor qilar.

    Shuhrat Qurbonov, “Kurbanoff.net” kanali muallifi

    Qurbonov jurnalistning “Nima sababdan bunaqa qimmat mashinalar olinmoqda, balki shu orqali ular UzAuto’ni qo‘llab-quvvatlashmoqchidir?” degan savoliga UzAuto uchun Trailblazer’ning ustiga qo‘yiladigan puldan boshqa foydasi yo‘qligini ta’kidlagan.

    “Kimdir yozdi menga bu haqda, hokimiyatlar tomonidan UzAuto’ni qo‘llab-quvvatlash, deb. Lekin inqiroz vaqtida qo‘llab-quvvatlash kerak bo‘lgan yo‘nalishlar bor. UzAuto’ni 20 yildan ortiqroq vaqtdan beri qo‘llayapmiz, yana qo‘llab-quvvatlasak, eng asosiy tarafi esdan chiqyapti — Trailblazer UzAuto’ga faqatgina 10 ming ustama pulidan boshqa hech qanaqa foydasi yo‘q. Chunki bu yerda UzAuto ishlab chiqaruvchi emas, shunchaki diler yoki importyor… Biz UzAuto’ni emas, Tailand yoki Meksikadagi zavodni qo‘llab-quvvatlayapmiz, ular esa xursand”, — deydi iqtisodchi.

    Otabek Bakirov ham ushbu savolga o‘z fikrini bildirgan.

    E’tibor bering, O‘zbekiston budjeti defitsiti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 7 foiz. Bunaqa falokatli darajadagi defitsit 1990-yillardan beri bo‘lmagan. 7 foizli defitsit! Shunday defitsitli sharoitda UzAuto 50 million so‘m foyda olish uchun biz 400 million so‘m budjetdan xarajat qilishimiz kerakmi?! Bu qaysi iqtisodiy paradigmaga tushadi? Bu g‘irt buzg‘unchilik, sharmandali darajadagi buzg‘unchilik, agarda masala biz UzAuto’ni qo‘llab-quvvatlash uchungina Trailblazer’larni amaldorlarimizga olib beryapmiz deyiladigan bo‘lsa.

    Ikkinchi bahona, yo‘llarimiz o‘ta yomon, shuning uchun Trailblazer olib beryapmiz desa, bu ham sharmandagarchilik. Agar yo‘llarimiz yomon bo‘lsa, pulni Trailblazer sotib olishga emas, yo‘llarimizni yaxshilashga sarflash kerak.

    Uchinchi o‘lchov shundan iboratki (bu haqiqatga yaqinroq), amaldorlarimizning o‘zining xohishi bor Trailblazer minishga.

    Davlat xaridlarining yagona tizimini yaratishdan maqsad — bu tizimda imkon qadar ko‘proq tovar va xizmat taklif qiluvchilar qatnashishi kerak. Lekin bizdagi ishlab chiqaruvchilar, xizmat ko‘rsatuvchilar, sotuvchilar nimagadir ko‘paymayapti. Shu tarafi asosiy muammo. Masalan, bitta siz bitta telefonga texnik tavsif bo‘yicha talablarni qo‘ysangiz, yuzlab, minglab takliflar bo‘lishi kerak. Lekin bizda telefonni sotib olishga biror talab qo‘ysangiz, bitta yoki ikkitadan ortiq taklif yo‘q. Demak, OAV va jamoatchilik buning boshqa tarafini ham yoritishi kerak, ya’ni u yerda juda katta pul borligini, bu yerga o‘z takliflarini joylashtirish kerakligini tushunib yetishi kerak.

    Otabek Bakirov, iqtisodchi

    Shuhrat Qurbonov davlat xaridlari portaliga ko‘pchilik kirmayotganiga qandaydir cheklovlar bo‘lishi mumkinligini ham taxmin qilgan. Bakirov esa mamlakatdagi barcha halol tadbirkorlarni Davlat xaridlari portalidan foydalanishga chaqirgan.

    “Davlat xaridlari portaliga o‘zingizning takliflaringizni kiriting. U yerda trillionlab so‘m mablag‘lar aylanyapti, milliardlab so‘m daromad topish mumkin. Bu yerda hali ochilmagan qo‘riq — kon singari. Lekin negadir o‘zining halol reputatsiyasiga ega tadbirkorlarimiz 10-20 yillar davomida portalda o‘z takliflari bilan ishtirok etmayapti. Sizlarga tavsiya va tilagim shuki, portalga yaqinlashish kerak, bu portalning imkoniyatlaridan keng foydalanish kerak. Shundagina portaldagi nohalol ishtirokchilar soni ham, salmog‘i ham kamayishni boshlaydi”, — deya Otabek Bakirov halol, raqobatga bardoshli, raqobatdan qo‘rqmaydigan tadbirkorlarga murojaat yo‘llaydi.

    Mavzuga doir: “Andijonning 3 million xalqi sizni boqyapti, siz ularni emas”. Bloger tadbirkorlarni haqorat qilgan Andijon viloyati hokimiga murojaat qildi

    20.11.2020, 18:58   Izoh (0)   26162
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    To‘raqo‘rg‘on IESda avariyaviy o‘chish yuz berdi. Namangan viloyatining aksar hududlari elektrsiz qoldi

    20.11.2020, 18:31

    Shavkat Mirziyoyev shoshilinch tibbiy yordam qamrovini kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi

    20.11.2020, 18:23

    “Eski ToshMI”dagi yangi klinika 2021-yil dekabrida foydalanishga topshiriladi

    20.11.2020, 18:14

    Farg‘onadagi metan zapravkalar 19-noyabr kuni umuman ishlamadi. Viloyatdagi gaz zapravkalar faoliyatiga cheklovlar kiritilgani aytilmoqda

    20.11.2020, 17:59

    “Shifoxonadan chiqqan 20 ta odam bilan gaplashinglar, hammasini aytadi. Ko‘pchilik tibbiy xizmatlar sifatidan norozi” – Shavkat Mirziyoyev

    20.11.2020, 17:33

    “O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo‘lishi masalasi ochiqligicha qolmoqda” — Sodiq Safoyev

    20.11.2020, 17:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50

    “Tottenhem” “Manchester Siti” futbolchisi uchun 70 mln yevro taklif qilmoqchi

    Sport | 23 avgust, 13:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.