Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ijtimoiy tarmoqda keng jamoatchilik tomonidan bildirilayotgan fikrlarni inobatga olgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi uchun Trailblazer avtomobilini sotib olish fikridan qaytdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Agentlikning  Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi tomonidan 398 million so‘mga Trailblazer sotib olingani haqida Telegram’dagi “davletovuz” kanali tomonidan xabar berilgan. Agentlik esa mazkur xabarga raddiya bergan.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining ma’lum qilishicha, agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi 2020-yil 2-noyabr kuni davlat xaridlari saytiga Qoraqalpog‘istonning hudud sharoitlarida foydalanish maqsadida avtomobilning yo‘l tanlamas turi bo‘lgan Trailblazer avtomobilini xarid qilish bo‘yicha e’lon bergan. 9-noyabrga qadar pul o‘tkazish sharti bilan shartnoma tuzilgan.

“Lekin, so‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqda keng jamoatchilik tomonidan bildirilayotgan turli fikrlar inobatga olingan holda agentlik tomonidan ushbu xariddan voz kechilgan va avtomobil sotib olinmagan”, — deyiladi agentlik xabarida.

Avvalroq Zarbdor tumani hokimi Zafar Ro‘ziyev Captiva xizmat mashinasi bo‘la turib, 370 million so‘mga Trailblazer, shuningdek, pandemiya davrida Uchqo‘rg‘on, Pop, Qo‘shrabot va Narpay tumanlari hokimliklari ham Trailblazer sotib olgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Denov tumani hokimligi esa karantin kuchaytirilgan paytda — 2020-yilning iyulida 398 million so‘mga Trailblazer LTZ-AT, Namangan viloyati hokimligi ham iyulda budjet mablag‘lari hisobidan 1 milliard 579 million so‘mga Toyota LC200 avtomobilini hamda sentabr oyida qariyb 400 million so‘mga Trailblazer LTZ-AT rusumli avtomobil xarid qilgan.

Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi 883 million so‘mga Toyota Prado, Mirzacho‘l tumani hokimligi 370 million so‘mga Trailblazer, Qashqadaryo viloyati hokimligi hokim o‘rinbosariga 349 million so‘mga Equinox, hokimning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisiga, yordamchisi hamda ishlar boshqarmasi boshlig‘iga 621 million so‘mga 3 ta Tracker xizmat mashinalari sotib olgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)