Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Surxondaryo viloyati Denov tumanida Nexia avtomashinasi “ZIL”ga borib urilishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda YHXBB.

Kadr: YHXBB

Kadr: YHXBB

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 12-noyabr kuni soat 21:00 larda Surxondaryo viloyatining Denov tumani “Ibn Sino” mahallasida 2000-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Nexia avtomashinasi tezlikni oshirishi natijasida shu yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan “ZIL” yuk mashinasining orqasiga urilgan.

YTH oqibatda Nexia ichidagi 2001-yilda tug‘ilgan yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan.

Surxondaryo viloyati IIB YHXB boshlig‘ining ta’kidlashicha, haydovchining tajribasizligi hamda ko‘rish cheklangan xavfli burilishda tezlikni oshirgani YTHga sabab bo‘lgan.

Mas’ullar YTH sodir etilgan hududida 3 kun ichida yo‘l chiziqlari, yoritish chiroqlari hamda hudud yaqinida maktab borligini inobatga olib piyodalar yo‘lakchasi va sun’iy notekislik tashkil qilish rejalashtirilganini ta’kidladi.

Avvalroq Farg‘onada Damas’ni ruxsatsiz haydagan 11 yoshli bola 2 yashar qizning o‘limiga sababchi bo‘lgani, Uychida BMW piyoda ayolni urib ketishi oqibatida jabrlanuvchi vafot etgani hamda Surxondaryo viloyati Uzun tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 4 yoshli bola hayotdan ko‘z yumgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Daryo” reportaji: Namangandan topilgan zardushtiylar ibodatxonasining dunyoda tengi yo‘qligi aytilmoqda. Bu yerdagi 70 ta otashkadada tun-kun olov yonib turgan (v...
Madaniyat
O‘zbekistonda o‘tkazilgan Mokkoji Korea festivali va K-pop konserti — suratlarda