Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida bir necha kun avval noqonuniy faoliyati uchun tegishli chora ko‘rilgan ta’mirlash ustaxonasida yana avtomobil qabul qilinayotgani aniqlandi. Bu haqda YHXBB axborot xizmati xabar qilgan.
Boshqarmaning Telegram-kanaliga joylashtirilgan videoda qayd etilishicha, noqonuniy avtomobil ta’mirlash ustaxonalari YTH bilan bog‘liq jinoyatlarning yashirilishida bevosita yoki bilvosita ishtirok etishi mumkin.
Shu sababli ham ularning faoliyatini legallashtirish bo‘yicha noqonuniy ravishda avtomobillarning tashqi detallarini almashtirayotgan ustaxonalar Soliq idoralari vakillari ishtirokida o‘rganilmoqda va tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.
Izoh (0)