Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali negizida Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti tashkil etilishi mumkin. Bu boradagi Prezident qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Hujjat loyihasiga ko‘ra institutning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanmoqda:
- respublikaning shimoliy mintaqasi uchun qishloq xo‘jaligida innovatsion resurs tejaydigan ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash, “Aqlli qishloq xo‘jaligi” (Smart agriculture) va raqamlashtirilgan agrotexnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlash;
- o‘quv-laboratoriya bazasini modernizatsiyalash, fan dasturlarida sohaga oid innovatsion va zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari, yuqori unumli hamda resurs tejaydigan ilg‘or texnologiyalar bo‘yicha bilimlarni aks ettirish;
- zamonaviy texnologiyalar va interaktiv ta’lim uslublarini (E-Minbar elektron platformasi), talabalarning mustaqil o‘quv va amaliy faoliyatini (keys-stadi, kouching va boshqalar) rivojlantirish orqali amaliyot o‘tash, shuningdek, o‘qituvchi va talabaning o‘zaro masofaviy hamkorligini (vebinar texnologiyalar) ta’minlashga, ularda innovatsion va tahliliy fikrlashni rivojlantirishga mo‘ljallangan modulli, obyektga yo‘naltirilgan va dinamik ta’lim muhitini (Moodle) keng joriy qilish va boshqalar.
Avval Davlat soliq qo‘mitasi huzurida Fiskal institut tuzilgani, O‘zbekistonda O‘rmon xo‘jaligi instituti tashkil etilishi, Markaziy Osiyo xalqaro instituti tashkil etilgani haqida xabarlar berilgan.
Izoh (0)