Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Italiyaning Sora shahrida joylashgan kasalxona xodimi adashib, o‘z palatasida tinchgina nonushta qilib o‘tirgan bemorning oilasiga uni koronavirusdan o‘ldi deya xabar berib yubordi. Bu haqda Wanted in Rome nashri ma’lum qildi.

Foto: Wanted in Rome

Foto: Wanted in Rome

Kech tushganida kasalxona xodimlari bemorlardan birining oilasiga qo‘ng‘iroq qilgan. “Otangiz vafot etdi, afsusdamiz”, — deya uning oilasiga hamdardlik bildirishgan.

Oila ushbu dahshatli xabarni eshitgan va bu haqda qolgan qarindosh hamda do‘stlarini xabardor qilgan. Italiyalikning qarindoshlari dafn marosimlarini tashkillashtirishga tushib ketgan. Ular dafn ishlari bilan shug‘ullanadigan agentga aloqaga chiqqan, ular esa shahar bo‘ylab nekrologli posterlarni yopishtirishni boshlab yuborgan.

Tushunmovchilik keyingi kuni, dafn byurosi tobutda yotgan marhumning suratini oilaga yuborganidan so‘ng aniqlangan. Koronavirus pandemiyasi sabab joriy etilgan cheklovlar oilaning bemor yotgan kasalxonaga borishiga to‘sqinlik qilgan, lekin uning tashqi ko‘rinishi bir necha kun ichida bunchalik o‘zgarib ketishi mumkin bo‘lmagan.

Qarindoshlar “marhum”ning belgisi — chandig‘i yo‘qligiga ishonch hosil qilgach, ularning gumoni tasdiqlangan. Keksa erkakning ayol va farzandlari kasalxonaga murojaat qilganidan so‘ng, u sog‘-omonligi va o‘z palatasi nonushta qilib o‘tirgani aniqlangan.

Avvalroq Namanganda koronavirusga chalingan tirik fuqaroning yaqinlariga uning o‘lgani haqida xabar berilgani ma’lum bo‘lgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“1845 ta attraksionning atigi 5-6 foizi nazoratdan o‘tgan, qolganining texnik holati nomaʼlum”. Istirohat bog‘laridagi attraksionlar haqida maʼlumot berildi
Sport
Muhammad Alining suv ostida tushgan mashhur surati tarixi: bokschi suzishni bilmasa ham basseynga tushgan
Mahalliy
O‘zbekiston—Xitoy hududlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida kelishuvlar imzolandi