Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Efiopiya shimolidagi Tigray viloyatida ommaviy qirg‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Amnesty International inson huquqlarini himoya qilish tashkiloti hisobotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

“Amnesty International Tigray viloyatining janubi-sharqida joylashgan May-Kadra shahrida 9-noyabrga o‘tar kechasi o‘nlab, balki yuzlab insonlar so‘yib yoki chopib tashlangani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bugun tasdiqlay oladi”, — deyiladi xabarda.

Tashkilot marhumlarning jasadlariga oid suratlar va videolarni ekspertizadan o‘tkazgan Crisis Evidence Lab laboratoriyasi ma’lumotlariga tayanmoqda. Tasdiqlanishicha, suratlar yaqinda May-Kadra shahrida olingan. Laboratoriya surat va videolarning geopozitsiyasini sun’iy yo‘ldoshlar yordamida aniqlagan.

Ma’lum qilinishicha, aksariyat halok bo‘lganlarning jasadi shahar markazidagi Efiopiya tijorat banki binosi yaqinida va qo‘shni Xumera shahri yo‘llari chetidan topilgan.

Huquq himoyachilarining ta’kidlashicha, ular Tigray shahridagi tinch aholining ommaviy qirg‘iniga javobgar shaxslarni aniqlay olmagan. Biroq May-Kadradagi qirg‘indan so‘ng omon qolgan guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, ularga “Tigray ozodlik xalq fronti” hujum qilgan.

May-Kadrada halok bo‘lganlarning aniq soni hozircha ma’lum emas. Biroq mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, 500 ga yaqin odam qirg‘in qurboniga aylangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga kirish haqidagi arizalarni alohida-alohida ko‘rib chiqishi mumkin
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘ydi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi pastladi