Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 11-noyabr kungi PQ-4888-son qarori bilan Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumani hokimligi tashkil etildi, deya xabar bermoqda Adliya vazirligi.

Qayd etilishicha, Yangihayot tumaniga o‘tkazilgan hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning pochta manzili ulardan ariza yoki ma’lumot talab qilmagan holda to‘g‘ridan to‘g‘ri elektron tizim orqali bepul o‘zgartiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Yangihayot tumani Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2020-yil sentyabrdagi tegishli qarorlari asosida tashkil etilgan.

Ma’lumot uchun, Yangihayot tumani maydoni poytaxt va Toshkent viloyatidagi 6 tuman hududi hisobiga kengaytirilgan.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Yangihayot tumani hokimi sifatida Hayot Inog‘omovni tayinlashni taklif qilgan edi.