• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Chiroqchida 300 yillik tarixga ega masjid soxta hujjatlar bilan yopildi. Aholi buni masjid imomiga nikoh o‘qitmay qo‘yganlik uchun jazo deb hisoblamoqda

    Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi 300 yillik tarixga ega Bobosher jome masjidi faoliyati soxta hujjatlar asosida tugatilib, guvohnomasi Kitob tumanida joylashgan Hazrati Bashir jome masjidiga berib yuborildi. Bu haqda “Daryo”ga xabar bergan chiroqchiliklarning ma’lum qilishicha, soxta hujjat masjidning sobiq imom xatibi Shuhrat Ravshanov tomonidan tayyorlangan va imzolar ham soxtalashtirilgan.

    Foto: “Daryo”

    Mazkur muammoni o‘rganishni maqsad qilgan “Daryo” muxbiri Otabek Qo‘ldoshev Chiroqchi tumanining Oqto‘nli qishlog‘ida bo‘ldi.

    “Masjidimizning yopilishiga sababchi bo‘lgan inson bu — Rahmatilla Usmonov. U insonni men hurmat qilardim. Birga haj safariga borib kelgandik. Ammo yolg‘on gapirib, biz namozxonlarni Allohning dargohi bo‘lmish masjiddan ayirdi. Masjidimiz guvohnomasi Kitob tumanidagi Hazrati Bashir ziyoratgohi masjidiga berib yuborildi. Rahmatilla Usmonov bu qing‘ir ishini bajarishda masjidimizning o‘sha paytdagi imomi Shuhrat Ravshanovdan foydalandi”, — deydi masjid namozxonlaridan biri Shodiyor hoji Ergashev.

    Shodiyor hoji Ergashev.

    Shodiyor hoji Ergashev.
    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan oqto‘nliliklarning aytishicha, masjid faoliyati 2019-yil 1-noyabr kuni tugatilgan. Ammo aholi masjid faoliyati tugatilganidan 2020-yil 24-fevral kuni xabar topgan. Masjid yopilishining sababini bilish maqsadida Qashqadaryo viloyat Adliya boshqarmasiga borgan murojaatchilarga esa “masjid faoliyatini davom ettiryapti, hali yopilgani yo‘q”, degan javob berilgan.

    Foto: “Daryo”

    “Masjidimizni soxta qaror bilan yopishgan, — deydi yana bir namozxonlardan biri Omondavlat Jumanov. — Masjidimizning o‘sha paytdagi imomi Shuhrat Ravshanov 2019-yil 27-iyul kuni masjid mas’ullari ishtirokida umumiy yig‘ilish o‘tkazildi, deb soxta qaror tayyorlagan. Masjid imomi o‘tkazilmagan yig‘ilishni o‘tkazildi deb, yig‘ilish bayonnomasini tayyorlagan va unda ‘MFY raisi so‘zga chiqib, Bobosher jome masjidiga ehtiyoj yo‘qligini, shu masjiddan 4,5 km uzoqlikda masjid borligini aytib, yopish kerak, dedi’ deya soxta qaror tayyorlagan. Eng yomoni soxta qarorda o‘zga shaxs nomidan imzo ham qo‘ygan”.

    Omondavlat Jumanov.

    Omondavlat Jumanov.
    Foto: “Daryo”

    “Qumdaryo” MFY raisi Sherzod Abduxoliqovning tasdiqlashicha, u masjid mas’ullari tomonidan tashkil etilgan hech qanday yig‘ilishda ishtirok etmagan bo‘lsa-da, yig‘ilish bayonida uning so‘zga chiqqani, masjidga ehtiyoj yo‘qligini aytgani yozilgan.

    Foto: “Daryo”

    “Men masjid yopilishiga bag‘ishlangan yig‘ilishda ishtirok etmaganman. Holbuki, yig‘ilishda ishtirok etmasam-da, mening nomimdan masjidga ehtiyoj yo‘qligi, masjiddan 4,5 km uzoqlikda Oqtosh diniy tashkiloti borligini aytganim yozilgan. Mazkur hujjat soxtalashtirilgan. Men deputat va MFY raisi sifatida bu soxta hujjat haqida Musulmonlar idorasining viloyatdagi mas’ullariga xabar berdim. Lekin haligacha ular bu so‘rovimga javob berishmagan”, — deydi MFY raisi Sherzod Abduxoliqov.

    Sherzod Abduxoliqov.

    Sherzod Abduxoliqov.
    Foto: “Daryo”

    Aholi vakillari tomonidan soxta deb aytilayotgan hujjatda yig‘ilish kotibi deya ko‘rsatilgan Xolmirza Tojiyev ham hujjatdagi imzo unga tegishli emasligini aytmoqda.

    “Masjidni yopish haqidagi yig‘ilish bayonida meni yig‘ilish kotibi sifatida kiritishib, nomimdan imzo ham qo‘yishgan. Aslida bu yig‘ilishda men umuman ishtirok etmaganman. Hech qanday hujjatga imzo ham qo‘ymaganman. Demakki, imzomni ham soxtalashtirishgan”, — deydi shu masjidda 12 yil mutavvali bo‘lib ishlagan Xolmirza Tojiyev.

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri yig‘ilishda ishtirok etgani yozilgan yana bir mas’ul, Chiroqchi tuman imom xatibi Bekzod Norqulov bilan suhbatlashganda mas’ul ushbu yig‘ilishda ishtirok etmaganini, hujjatda tuman imom xatibi yig‘ilishda ishtirok etdi, degan gap yolg‘onligini ta’kidladi.

    “Men Bobosher jome masjidini yopish haqidagi umumiy yig‘ilishda ishtirok etmaganman. Mening ishtirok etganim yozilgan hujjat soxta”, — deydi Musulmonlar idorasining tumandagi vakili Bekzod Norqulov.

    Masjidning eski o‘rni.

    Masjidning eski o‘rni.
    Foto: “Daryo”

    Mazkur vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Bobosher jome masjidining sobiq imomi, ayni kunda boshqa hududdagi masjidga imomlik qilayotgan Shuhrat Ravshanov bilan bog‘landik va aholi tomonidan soxtaligi aytilayotgan hujjat haqida so‘radik. Jurnalist ekanligimizni bilgan Shuhrat Ravshanov savolimizni eshitgach birozdan so‘ng qayta qo‘ng‘iroq qilishini aytib, telefon go‘shagini qo‘ydi. Birozdan so‘ng esa uning telefoni batamom o‘chirilgani ma’lum bo‘ldi.

    Oqto‘nliliklarning qo‘shimcha qilishicha, masjid yopilishiga bosh-qosh bo‘lgan Shuhrat Ravshanov unga nikoh o‘qitmay qo‘ygan aholini shu yo‘l bilan jazolagan.

    Foto: “Daryo”

    “Shuhrat Ravshanov masjidimizga imom etib tayinlangach nikoh o‘qish narxini 200 ming so‘mgacha oshirdi. Shuningdek, aholi imomning ikki nikohli ekanligini eshitgach unga nikoh o‘qitmay qo‘ydi. Bu esa masjid imomi Shuhrat Ravshanovga ma’qul kelmadi. Va u aholining ishlab turgan masjidini yopish bilan ularni jazoladi”, — deydi oqto‘nliliklar.

    Aytilishicha, aholi masjid yopildi degan gaplardan xabar topgach Musulmonlar idorasining viloyatdagi mas’uli Rahmatilla Usmonovning oldiga ham borgan. Din peshvosi ham “masjidingiz faoliyati tugatilmagan, namoz o‘qishda davom etavering”, degan javobni berish bilan kifoyalangan.

    Foto: “Daryo”

    “Rahmatilla Usmonov hamda viloyat Adliya boshqarmasi mas’ullarining oldiga 50 marotabadan ko‘p bordik. Har safar borganimizda masjid faoliyati tugatilmagan, ishlashni davom ettiradi degan javobni berishardi. 2020-yil 3-oktabr kuni borganimizda esa masjid yopildi, qayerga borsangiz boring, degan javobni berishdi. Masjid yopilishiga sabab nima? Musulmonlar idorasining masjid yopilganligi to‘g‘risidagi hujjatini ko‘rsating desak, ko‘rsatishmadi”, — deydi Shodiyor hoji Ergashev.

    “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan Rahmatilla Usmonov esa Bobosher jome masjidi yopilmaganini, shunchaki hujjatlarida kamchilik borligini ma’lum qildi.

    Rahmatilla Usmonov.

    Rahmatilla Usmonov.
    Foto: “Daryo”

    “Shaxsan o‘zim mening yonimga kelgan namozxonlarga masjid hujjatlarida kamchilik borligini aytib, to‘g‘rilashlarini so‘radim. Masjid yopilmagan. Faoliyatini davom ettiradi. Faqat hujjatlaridagi kamchilik tuzatilsa, bas”, — dedi Rahmatilla Usmonov.

    Bobosher jome masjidi yopildimi yoki yo‘qmi degan savolimizga Qashqadaryo viloyat Adliya boshqarmasidan ham tayinli javob bo‘lmadi. Biroq bizga taqdim etilgan hujjatlarda esa masjid imom xatibining soxta qarori asosida boshqarmaning o‘sha paytdagi boshlig‘i Muzrop Ikromovning 2019-yil 1-noyabrdagi buyrug‘i bilan Bobosher jome masjidi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Shunga ko‘ra, Bobosher jome masjidining nafaqat guvohnomasi, hisob raqami ham Hazrati Bashir ziyoratgohidagi masjidga berib yuborilgan.

    Ushbu holat yuzasidan Adliya vazirligi va O‘zbekiston Musulmonlari idorasi o‘rganish o‘tkazib, munosabat bildirishi maqsadga muvofiq ko‘rinadi.

    12.11.2020, 23:21   Izoh (0)   40767
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston OTMlari 16-noyabrdan an’anaviy ta’lim shakliga qaytadi

    12.11.2020, 22:47

    Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahridagi Korxonalarni sog‘lomlashtirish va xususiylashtirish klinikasiga tashrif buyurdi

    12.11.2020, 22:11

    Toshkentda loyiha qiymati 9,6 mln dollar bo‘lgan raqamli situatsion markaz tendersiz quriladi

    12.11.2020, 21:34

    O‘zbekiston OTMlarida bakalavriat va magistraturaning 1-bosqich talabalari uchun kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

    12.11.2020, 21:22

    Qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha ishchi guruh O‘zbekiston aholisiga murojaat qildi

    12.11.2020, 20:36

    “Ta’limdagi ishlar ham, tibbiyotdagi ham igna bilan quduq qazishdek gap” — Shavkat Mirziyoyev

    12.11.2020, 19:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nursulton Ro‘ziboyevning Brayan Battlga qarshi jangi bekor qilindi

    Sport | 16 avgust, 10:30

    Alyaskadagi sammit: Putin va Tramp muzokaralari yakunlandi. Ular ikki soatdan ortiq davom etdi

    Dunyo | 16 avgust, 09:59

    APL. “Liverpul” 1-turda “Bornmut” darvozasiga to‘rtta gol urdi (video)

    Sport | 16 avgust, 09:37

    Jazo muddatidagi shaxs katta miqdorda soxta dollarlarni sotayotgan vaqtida qo‘lga tushdi

    Sirdaryo | 16 avgust, 09:17

    Enzo, Niki, Dino va boshqalar: insonlar sharafiga nomlangan avtomobil modellari

    Shou-biznes | 16 avgust, 09:10

    Magnit bo‘ronlarining Yerga ta’siri kuchayib bormoqda - tadqiqot

    Dunyo | 16 avgust, 08:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.