• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qashqadaryoda 66 yoshli chol va uning kampiri vahshiylarcha o‘ldirilib, yoqib yuborilgan. Voqea bo‘yicha gumonlanuvchilar ozodlikda yuribdi

    Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida 66 yoshli chol va uning 62 yoshli kampiri o‘ldirilib, yoqib yuborildi. Bu haqda “Daryo”ga xabar bergan marhumlarning o‘g‘li va kelini jinoyat ishida qarindoshining qo‘li borligini aytmoqda.

    Shalola Jo‘rayeva.

    Shalola Jo‘rayeva.
    Foto: “Daryo”

    “2020-yil 4-oktabr kuni kechki payt bolamni emizib, uxlashga yotdik. Birozdan so‘ng derazamizning tagidan yugurib o‘tgan kishining oyoq tovushlari eshitildi. Avvaliga qaynotam bo‘lsa kerak deb o‘yladim, so‘ngra qaynotam keksa kishi bo‘lsa, qanday yuguradi deb o‘yladim. So‘ng jim bo‘ldi. Keyin yotdim. Soatini bilmayman, birozdan so‘ng yana eshigim tortildi. Tashqaridan ‘Shalola, Shalola’ deb chaqirishdi. Turmush o‘rtog‘im uyda yo‘q edi. Chaqirgan odam erimmikin deb ‘Sizmisiz’ dedim. Indamadi-da, eshikni tortdi. Eshik ochilib ketdi. Bolam sovqotmasin deb, eshikni yopish uchun o‘rnimdan turdim. Eshik oldidagi ‘odyol’ni ko‘tarib, eshikni yopishga uringanimda kimdir boshimga mushtlab urdi. Yiqilib tushdim. Keyin o‘rnimdan turganimda ikki yoshli bolamning qo‘lidan ushlab, boshi bilan yerga urayotgan ekan. ‘Besh yil deganda farzandli bo‘ldim. Bolamni urmang, dedim. Xo‘p, unda seni uramiz, deya yana meni urib ketdi. Meni urayotgan odamning ko‘zi va qoshi tanish bo‘lganidan kimligini bilish uchun yuzidagi ro‘molini tortdim. Ko‘rsam, o‘zimizning Panji tog‘amiz ekan”, — deydi marhumlarning ayni kunda shifoxonada davolanayotgan kelini Shalola Jo‘rayeva.

    Foto: “Daryo”

    Shalola Jo‘rayevaning aniqlik kiritishicha, u Panji tog‘amiz deb atayotgan kishi ularga qarindosh bo‘lib, qaynopasining turmush o‘rtog‘i, ya’ni marhumlarning kuyovi bo‘lgan.

    Marhumlar kelinining ma’lumot berishicha, uni uyiga kirib kaltaklagan kishidan tashqari sheriklari ham bo‘lgan.

    Shalola Jo‘rayeva.

    Shalola Jo‘rayeva.
    Foto: “Daryo”

    “Panji tog‘a meni urayotgan paytda tashqaridan to‘rt-besh kishining ovozi eshitildi. Ular ‘Ibrohim kelyapti’ deyishdi. Shundan keyingi voqealarni eslolmayman. Sababi boshimni yorishgan ekan. Ko‘zimni ochsam, shifoxonada ekanman”, — deydi Shalola Jo‘rayeva.

    Marhum chol-kampirning o‘g‘li, Shalola Jo‘rayevaning turmush o‘rtog‘i Ibrohim Payg‘ambarqulovning ma’lumot berishicha, u uyiga qaytgan paytda xotini va o‘g‘li hushsiz bo‘lgan. Ota-onasi esa o‘ldirilgan. Uyi yoqib yuborilgan.

    “O‘sha kuni kechki payt soat 20:50 larda uyga keldim. Mashinamni ichkariga qo‘yib, ‘garaj’ning oldida xotinimni chaqirdim. Keyin derazani taqillatdim. Hech kim gapirmagach uyga kirdim. Kirsam o‘g‘lim va xotinim hushsiz yotgan ekan. Xonada olov yonayotgan ekan. Ularni tashqariga olib chiqib, otam va onamning uyiga qarab yugurdim. Borsam onam eshik oldida xirillab yotgan ekan. Otam esa yotoq joyida yo‘q ekan. Xona yonayotgani uchun tutun hidiga turib bo‘lmasdi. Xonadan chiqib, amakimning uyiga qarab yugurdim”, — deydi Ibrohim Payg‘ambarqulov.

    Marhumlar o‘g‘lining aytishicha, u vaziyatdan xabar topgach qarindoshlari va qishloq shifokoriga, shuningdek, hudud profilaktika inspektoriga voqea haqida xabar bergan.

    Ibrohim Payg‘ambarqulov.

    Ibrohim Payg‘ambarqulov.
    Foto: “Daryo”

    “Qarindoshlarga xabar berib, uyga qaytgan paytimda uyning bir burchagida qorni yorib tashlangan va ko‘krak qismi yonayotgan otamga ko‘zim tushdi. Bilsam otam vahshiylarcha o‘ldirilib, yoqib yuborilgan ekan”, — deydi Ibrohim Payg‘ambarqulov.

    Ibrohim Payg‘ambarqulov xotini shifoxonada o‘ziga kelgach bor voqeani unga gapirib berganini aytmoqda.

    “Xotinim shifoxonada o‘ziga kelgach voqea haqida so‘radim, — deydi Ibrohim Payg‘ambarqulov. — Xotinim uni urgan va shu ishni qilgan odam opamning turmush o‘rtog‘i Panji ekanligini, uning yuzidagi ro‘molini tortgach yuzini aniq ko‘rganini aytdi.

    Mirishkor tuman prokuraturasi

    Mirishkor tuman prokuraturasi
    Foto: “Daryo”

    Aytilishicha, mazkur ishda gumonlanuvchi sifatida qamoqqa olingan Panji ismli shaxs va uning sheriklari hozirda qo‘yib yuborilgan.

    “Prokuratura Panji va uning sheriklarini dastlab qamoqqa olgandi. Biroz o‘tib, qo‘yib yubordi. Xotinim uning aybdor ekanligini aytib turgan bo‘lsa-da, prokuratura bunga e’tibor bermayapti. Ular IIB xodimlari Panji va sheriklarini urib, aybni bo‘yniga qo‘ygan bo‘lishi mumkin deyishibdi. Prokuratura Panjining oyoq kiyimidan ota-onamning emas, boshqa ikki shaxsning qon izi chiqqanini aytibdi. Demak, yana bitta ochilmagan jinoyat ishi bormi shunda?”, — deydi Ibrohim Payg‘ambarqulov.

    “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan Mirishkor tuman prokurori Akrom Boboxonovning aytishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi (Ikki yoki undan ortiq shaxsni qasddan o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Ibrohim Payg‘ambarqulov hamda Shalola Jo‘rayevaning qo‘shimcha qilishicha, voqeadan bir hafta oldin xonadon kuyovi Panji va uning qarindoshi ularning uyiga kelgan.

    “O‘shanda otam pochcham Panjining amakisi Jonqulga ‘Sening o‘n yil oldingi jinoyating haqida xabar berib, 20 yilga qamataman’ degandi, — deydi marhum chol-kampirning o‘g‘li. — Keyin otamdan bu haqda so‘radim. Bilsam Jonqul, pochcham Panji va sheriklari bilan bundan taxminan 10 yil ilgari Nurmahmat ismli o‘g‘lini urib, o‘ldirib qo‘ygan ekan. Keyin esa jinoyatini yashirish uchun o‘g‘lini osib qo‘ygan. Buni otam ko‘rgan ekan. Bular otam jinoyat haqida xabar berib qo‘ymasin, deb onam ikkisini o‘ldirgan”, — deydi marhum chop-kampirning o‘g‘li.

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” manbasining ma’lumot berishicha, IIB tomonidan gumon qilinuvchi sifatida qamoqqa olingan shaxslar “IIB da qiynoqqa solingani uchun jinoyatni bo‘yniga olyapti” degan taxmin bilan qo‘yib yuborilgan. 2020-yil 4-oktabr kuni sodir bo‘lgan jinoyat ishi esa 11-noyabrga qadar ham ochilmasdan qolmoqda. Jinoyatchilar esa hamon ochiqda yuribdi.

    12.11.2020, 11:15   Izoh (0)   112615
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston va Qozog‘iston qirg‘iz xalqiga iqtisodiy hamda gumanitar yordam ko‘rsatadi

    12.11.2020, 10:23

    Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga jo‘nab ketdi

    12.11.2020, 09:57

    Qashqadaryoda Prezident topshirig‘i bilan 2,5 ming gektar maydonda pistachilik plantatsiyasi yaratilmoqda

    12.11.2020, 09:10

    O‘zbekistonda Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxati kengayishi mumkin

    12.11.2020, 08:47

    Osiyo taraqqiyot banki Farg‘ona vodiysidagi temiryo‘llarni modernizatsiya qilish uchun 121 million dollar ajratdi

    12.11.2020, 08:35

    Aziz Abduhakimov: “Velosipedda yuraman desangiz, har o‘n metrda ariq uchraydi, yo yo‘l buzilgan bo‘ladi, yo zina chiqib qoladi”

    12.11.2020, 08:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    BMT yig‘ilishida Eron va Isroil vakillari o‘rtasida bahs-munozara yuzaga keldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:50

    Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:35

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05

    Ronaldudan penaltini tortib olgan, Kasilyas bilan mojaroda Mourinyoni qo‘llab-quvvatlagan va maydondagi “o‘ynovchi murabbiy” bo‘lgan Xabi Alonso haqida

    Futbol | 20 iyun, 22:03

    O‘zbekistonlik olimlar qovunning yangi navlarini yaratmoqda

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:45

    Endilikda davlat xizmatchilariga oylik maoshining 30 foizgacha intizomiy jazo qo‘llaniladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.