“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
15:20, 18.10.2020 22128

Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishida sinov tariqasida poyezd harakatlandi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmatining xabar berishicha, 16-oktabr kuni Toshkent metropolitenining “Olmazor” stansiyasidan yangi qurilayotgan Sergeli metro yo‘nalishining so‘nggi – “Qipchoq” stansiyasigacha test rejimida poyezd o‘z harakatini amalga oshirdi.

Foto: “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati

Qayd etilishicha, sinov natijasida ustki po‘lat izlarining tayyorligi tasdiqlangan. Ayni paytda metro yo‘nalishida yakuniy qurilish-montaj va pardozlash ishlari olib borilmoqda.

Yangi metro yo‘nalishi va uning obyektlari qurilish me’yorlari va texnik talablariga mos ravishda, belgilangan muddatlarda 2020-yil oxiriga qadar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Sergeli metro yo‘nalishida qurilish ishlari 2017-yil boshida boshlangan edi. Sergeli—Olmazor metro yo‘nalishi “Choshtepa”, “Toshkent halqa yo‘li”, “Sergeli”, “Afrosiyob” va “Qipchoq” bekatlaridan iborat. “Choshtepa” bekati Chilonzor yo‘nalishidagi “Olmazor” yerosti bekati bilan bog‘lanadi.

Toshkent metrosining Yunusobod yo‘nalishidagi yangi qurib bitkazilgan bekatlar hamda yerusti halqa metrosining birinchi bosqichi sentabr oyining boshida ishga tushgandi.

Izoh qoldirishdan avval, qoidalar bilan tanishib oling: http://dy.uz/QbkeZ

Boshqa yangiliklar