Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkilotining a’zo davlatlarini Afg‘onistonga ko‘mak berish va tiklanishi bo‘yicha qisqa fursat ichida reja ishlab chiqish va qabul qilishga chaqirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyevning ta’kidlashicha, bugun Afg‘onistonda uzoq kutilgan tinchlikka erishish bo‘yicha tarixiy imkoniyatni qo‘ldan boy bermaslik har qachongidan ham muhim hisoblanadi. Ushbu mamlakatdagi xavfsizlik va tinchlik masalasiga butun ShHT mintaqasining barqarorligi va iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashning muhim tarkibiy qismi sifatida qaralishi lozim.

Prezidentning qayd etishicha, xalqaro hamjamiyat, jumladan, ShHT davlatlarining sa’y-harakatlari tufayli Afg‘onistonda nizoni tinch yo‘l bilan bartaraf etishda umidbaxsh istiqbollar ko‘rinmoqda. Tinchlikka erishish, Afg‘oniston xalqiga iqtisodiy yordam ko‘rsatish yo‘lidagi ijobiy intilishlarni qo‘llab-quvvatlash uchun sa’y-harakatlarni birlashtirish muhim ahamiyatga ega.

“Ishonchim komil, Afg‘onistonning mintaqaviy savdo-iqtisodiy jarayonlarga jalb etilishi ham ushbu mamlakatning tinch va barqaror taraqqiyotiga xizmat qiladi.

Shu munosabat bilan, ‘ShHT—Afg‘oniston’ muloqot guruhi doirasida Afg‘onistonning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishiga ko‘maklashish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar rejasini tez fursatda ishlab chiqish va qabul qilish tarafdorimiz”, — deya ma’lum qildi O‘zbekiston Prezidenti.

Davlat rahbarining fikricha, Afg‘onistonga uning Markaziy va Janubiy Osiyoni bog‘lab turuvchi ko‘prik sifatidagi tarixiy rolini qaytarishga xizmat qiladigan transport yo‘laklarini barpo etish tashabbuslari ShHTning barcha mamlakatlari uchun yangi istiqbollar ochadi.

Shavkat Mirziyoyev mazkur masalalarni 2021-yil aprel oyida Toshkentda o‘tkaziladigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” xalqaro konferensiyasida muhokama qilishni taklif etdi.

Shu bilan bir qatorda, davlat rahbari 2021-yilda tashkilotning 20 yilligi arafasida “ShHTning zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimidagi roli” xalqaro konferensiyasini o‘tkazish taklifini ilgari surdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Afg‘on xalqining sabri bilan o‘ynashmang” — “Tolibon” qo‘mondonlaridan biri Eronni bosib olish bilan tahdid qildi  
Dunyo
Xitoyda qayta avj olishi kutilayotgan kovid, 3-marta saylangan Erdo‘g‘on, bir oydan beri namoyish o‘tkazayotgan hind sportchilari — 29-may suratlari
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi oshdi