So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12305.17
    • RUB 131.98
    • EUR 13278.51
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      -0°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekiston Qirg‘izistonning barqaror rivojlanish yo‘lidagi intilishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi

    10.11.2020, 17:19 12638

    O‘zbekiston Qirg‘izistonning barqaror rivojlanish yo‘lidagi intilishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashi sammitida bildirdi.

    “Sammitimizda hurmatli Sadir Nurxo‘jayevich Japarovni (Qirg‘iziston prezidenti vazifasini bajaruvchi — “Daryo” izohi) ko‘rib turganimdan xursandman. O‘zbekiston, yaqin qo‘shni va strategik hamkor sifatida, birodar Qirg‘izistonning xalqining barqaror rivojlanish va farovonlik yo‘lidagi intilishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi”, — degan Prezident.

    Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining majlisi 10-noyabr kuni videoanjuman shaklida o‘tkazildi. Rossiya raisligida o‘tkazilgan ushbu uchrashuv kun tartibidan yangi global xatar va tahdidlarning kuchayishi sharoitida ShHT doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari o‘rin olgan.

    Ma’lumot uchun, Sadir Japarov 15-oktabr kuni So‘ronbay Jeenbekov Qirg‘iziston prezidentligi lavozimidan iste’foga chiqqach, Qonunchilik kengashi spikeri Kanat Isayev davlat rahbarining vazifalarini vaqtincha bajarishni rad etganidan so‘ng prezident vazifasini bajaruvchiga aylandi. U mamlakat u mamlakat rahbari vazifasini bajaruvchi vakolatlarini dekabr oyida topshiradi. Qirg‘izistonda muddatidan oldingi prezidentlik saylovlari 2021-yilning 10-yanvarida bo‘lib o‘tadi.

    Avvalroq O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qirg‘iziston TIV rahbari  Ruslan Kazakbayev bilan uchrashib, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya, suv xo‘jaligi va madaniy-gumanitar sohalarda O‘zbekiston–Qirg‘iziston hamkorligining hozirgi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilgan xabar berilgan edi.

    Shu kuni Ruslan Kazakbayev O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan ham uchrashdi. Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport-logistika, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari hamda pandemiyaning ikki tomonlama aloqalarga salbiy oqibatlarini bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

    Mavzuga doir: O‘zbekiston va Qirg‘iziston ikki tomonlama tovar aylanmasi hajmini 1 mlrd dollarga yetkazmoqchi

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    × Lightbox Image

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Olaf Shols Yevropada gaz narxining oshishida Rossiyani aybladi

    Bugun, 20:39

    “Sizlarning sa’y-harakatlaringiz bilan qadimiy an’analarga ega bo‘lgan o‘zbek dehqonchilik maktabi rivojlanmoqda” — Shavkat Mirziyoyev

    Bugun, 20:18

    Polsha Orolbo‘yi mintaqasida ekologik barqarorlikni taʼminlashda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish taklifini bildirdi — Senat

    Bugun, 19:55

    Toshkent xalqaro aeroportida qurilish va ​​rekonstruksiya ishlari boshlandi (foto)

    Bugun, 19:14

    Farg‘onada fuqaroning xonadonidan 79,2 ming dona pirotexnika vositalari topildi

    Bugun, 18:55

    “AQSH bilan adolatli dunyo qurib bo‘lmaydi” — Erdo‘g‘on

    Bugun, 18:30

    Andijonda 2,4 mlrd so‘mdan ziyod zarar keltirgan mayning fermasi faoliyati to‘xtatildi

    Bugun, 18:10

    Karlo Anchelotti Vinisius va Kamavinganing qachon safga qaytishini aytib o‘tdi

    Bugun, 17:56

    Mao Szedun imzosi tushirilgan menyu chorak million dollarga sotildi

    Bugun, 17:50

    O‘zbekiston va Buyuk Britaniya mas’ullari siyosiy muloqotni yangi bosqichga ko‘tarishni muhokama qildi

    Bugun, 17:30

    Tavsiya etamiz

    Yoqib yuborilgan shayton, reydda halok bo‘lgan falastinliklar, firibgarlikda ayblanayotgan sobiq prezident — 8-dekabr suratlari

    22:00 / 08.12.2023

    Ruhiy xasta ota-onasiga qarayotgan bemor yigit xalqdan yordam so‘ramoqda (video)

    11:00 / 08.12.2023

    Politsiya otib o‘ldirgan talaba qiz, AQSH-Meksika chegarasidagi migrantlar, Dakkadagi tirbandlik — 7-dekabr suratlari

    23:00 / 07.12.2023

    Qarshida tirik qizaloq o‘liklar ro‘yxatiga tushib qoldi. Adliyaning viloyatdagi mas’ullari bunga FHDYO xodimlari aybdor demoqda

    13:00 / 07.12.2023
    Daryo

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.