Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Koronavirusga topshirilgan test natijalari xato chiqishiga tibbiyot xodimlarining ham, mijozlarning ham xatti-harakatlari sabab bo‘lishi mumkin, deb yozmoqda “RBK” Rossiya laboratoriyalariga tayanib. Avvalroq mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi COVID-19’ga topshirilgan 40 foizga yaqin testlarda soxta ijobiy natija qayd etilganini ma’lum qilgan.

Foto: “RBK”

Foto: “RBK”

Nashr tomonidan so‘rov o‘tkazilgan test o‘tkaziladigan laboratori vakillarining fikricha, natijalarning noto‘g‘ri chiqishi biomaterialning noto‘g‘ri olinishi yoki ushbu namunalarning noto‘g‘ri transportirovka qilinishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Namuna olayotganda shifokorlar yonoqlarga, tilga, milkka va lablarga tegmasligi kerak. Barcha zarur vositalar steril bo‘lishi, biomateriallar tegishli sharoitlarda saqlanishi kerak.

Test natijasi, shuningdek, mijozning tayyorgarligiga ham bog‘liq. Test o‘tkazilishidan bir soat oldin ovqatlanish, ichish, tishlarni yuvish, og‘zini chayish, saqich chaynash va chekish mumkin emas. Bundan tashqari, testni iloji boricha simptomlar aniqlangandan so‘ng tezroq qilish kerak, chunki vaqt o‘tishi bilan birinchi klinik simptomlardan so‘ng virusni aniqlash ehtimoli aniqlanmaydigan darajada pasayadi.

Avvalroq o‘zbekistonlik iqtisodchi Behzod Hoshimov San-Fransiskodagi Kaliforniya universiteti professori, virusolog olim Sharof Tugizov bilan suhbat o‘tkazib, nima uchun koronavirusga olingan test ba’zida noto‘g‘ri chiqishini so‘ragan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)
Dunyo
Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatdimi?