“Tottenhem” sobiq ustozi Maurisio Pochettino “Manchester Yunayted” bosh murabbiyiga aylanishi mumkin.
Manchester Evening News xabariga ko‘ra, “Manchester Yunayted” rahbariyati Ole-Gunnar Sulsher qo‘l ostidagi jamoa ko‘rsatayotgan natijalardan qoniqmayapti va shu sabab argentinalik mutaxassis bilan bog‘langan.
Manbada ta’kidlanishicha, Pochettino 2019-yilning dekabridan beri “Manchester Yunayted”dan taklif kutadi, uning fikri hozirgacha o‘zgarmagan.
Qayd etiishicha, mankunianliklar rahbariyati Sulsherni Chempionlar Ligasi doirasida o‘tgan “Istanbul Bashakshehir”ga qarshi o‘yinga (1:2) qadar qo‘llab-quvvatlab kelgan. Endilikda Premyer Liga doirasida “Everton”ga qarshi o‘tadigan bahs norvegiyalik mutaxassis uchun so‘nggi imkon bo‘lishi aytilmoqda.
Pochettino 2019-yilning noyabrida “shporlar” boshqaruvini tark etgandan buyon ishsiz yuribdi.
“Manchester Yunayted” Premyer Liga 7-turidan keyin 7 ochko bilan 15-o‘rinda bormoqda. Jamoada bitta zaxira o‘yini mavjud.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)