“Barselona” himoyachisi Xerard Pike katalonlar klubidagi pasayish haqida gapirdi.
Klub hozir qanday bo‘lishi kerak bo‘lsa, shunday holatda. Jamoa qayta qurish bosqichida, o‘ylashimcha, shunday o‘zgarishlar zarur edi. Biz hammasini o‘zgartirishimiz kerak.“Barselona” 2019/20-yilgi mavsumda La Ligada 2-o‘rinni egalladi, Chempionlar Ligasi va Ispaniya Kubogida o‘z yurishini pley-off bosqichida tugatdi. Ayni damda Ronald Kuman qo‘l ostidagi jamoa Primerada 8 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.“Barselona”da pasayish bo‘layotgani ochiq-oydin ko‘rinib turibdi va jamoa yildan yilga yomonlashib bormoqda. Vaqtimiz kam, ammo vaziyatni yaxshilash kerak. “Barselona”da hech qachon “navbatchi” mavsum bo‘lmaydi, sen har doim g‘alaba qozonishga majbursan.
Ayni damda saylovlar (klub prezidentligi uchun) arafasidamiz, yangi boshqaruvchilar keladi va biz yaqin oylarda o‘zgarishlarga guvoh bo‘lamiz.
Xerard Pike, “Barselona” himoyachisi
Mavzuga doir: “Barselona” prezidenti Xosep Bartomeu iste’fo berdi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)