LUKOIL O‘zbekistonda gaz qazib olish hajmini sezilarli darajada loyiha quvvatining 70% gacha oshirdi. Shu bilan birga, Qandim konlar guruhida gaz qazib olish to‘liq 100% gacha tiklandi. Bugungi kunda uglevodorodlarning kunlik o‘rtacha ishlab chiqarilishi – kuniga 30 ming tonnani tashkil qiladi.
Joriy yilning boshida koronavirus infeksiyasi pandemiyasi tufayli gazga bo‘lgan talabning qisqarishi va xalqaro bozorlarda gaz narxlarining pasayishi jahonda gaz iste’moli kamayishiga, shu jumladan, o‘zbek gazini qazib olish va eksport qilish hajmining pasayishiga olib keldi. Xitoyda gazga bo‘lgan talabning pasayishi natijasida joriy yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda LUKOIL tomonidan gaz qazib olish loyiha imkoniyatlaridan 20% gacha pasaytirildi.
LUKOIL O‘zbekiston Respublikasi bilan mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida Xauzak-Shodi, Qandim va Hisor konlarida investitsiyaning umumiy hajmi 8 milliard AQSh dollari atrofida bo‘lgan keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirmoqda. O‘zbekistonning LUKOIL bilan hamkorlikdan olgan daromadi hozirgi vaqtda 4 milliard dollardan ortiqni tashkil qiladi.
“LUKOIL Uzbekistan Operating Company” MChJ matbuot xizmati
Reklama huquqi asosida
Izoh (0)