• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bu — global kambag‘allik ko‘rsatkichi”. Obid Hakimov muhokamalarga sabab bo‘lgan 5600 so‘m bo‘yicha izoh berdi

    Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov “Kun.uz”ga bergan intervyusida kambag‘allik va uni aniqlash mezonlariga to‘xtalib o‘tgandi. Jahon banki ma’lumotiga tayangan holda u kunlik 3,2 dollar daromadga ega shaxs kambag‘al emasligini bildirgan. Bu esa ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarni keltirib chiqardi. “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonovning xabar qilishicha, 5-noyabr kuni AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Obid Hakimov 3,2 dollar qanday qilib 5600 so‘m bo‘lganiga izoh berdi.

    Tadbirda ta’kidlanishicha, Jahon banki tomonidan dunyo bo‘yicha har bir mamlakat pulining to‘lov qobiliyati, o‘sha mamlakatlarda yaratilayotgan tovar, xizmatlarning boshqa davlatlarga nisbatan solishtirish uchun dastur ishlab chiqilgan. Bu dastur orqali mamlakatlardagi holatga baho beriladi.

    Skrinshot: UzReport TV

    Skrinshot: UzReport TV

    “Kambag‘allikni o‘lchash deganda bir narsani aytish kerakki, kambag‘allikning ta’rifiga qarab uning o‘lchovi ham o‘zgaradi. Qanday ta’rif bo‘lsa, uning o‘lchovi ham o‘zgaradi. Masalan, qaysidir ta’rifda kambag‘allik 5 foiz bo‘lsa, boshqa ta’rifga asosan kambag‘allik 10 foiz bo‘lishi mumkin. Mamlakatning u yoki bu holatidan, ijtimoiy, iqtisodiy odatlaridan kelib chiqqan holda har xil o‘lchovlar bo‘ladi.

    Shuning uchun kambag‘allik o‘lchovi ikki turga bo‘linadi: global kambag‘allik o‘lchovlari va milliy kambag‘allik o‘lchovlari. Global kambag‘allik o‘lchovlarini o‘z mandatiga ko‘ra, Jahon banki belgilaydi. Jahon banki past, o‘rta daromadli mamlakatlar daromadi o‘sishidan kelib chiqqan holda global kambag‘allik chegarasini 3,2 AQSh dollari miqdorida belgilagan. Agar mamlakat yuqori o‘rta daromadli mamlakatlar qatoriga kiradigan bo‘lsa, u mamlakat kambag‘allik chegarasini 5,5 AQSh dollari miqdorida belgilagan.

    Dollar nominal kurs bo‘yicha o‘tkazilganida 30 ming so‘mdan oshiqroq pul bo‘ladi-ku, degan ko‘p fikrlar bo‘ldi. Jahon banki tomonidan dunyo bo‘yicha har bir mamlakat pulining to‘lov qobiliyati, o‘sha mamlakatlarda yaratilayotgan tovar, xizmatlarning boshqa mamlakatlarga nisbatan solishtirish uchun dastur ishlab chiqilgan. Bu dasturga asosan, mamlakatlardagi holatga baho beriladi”, — dedi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori.

    Matbuot anjumanida ta’kidlanishicha, ayni paytda O‘zbekistondagi milliy kambag‘allik chegarasini ishlab chiqish bo‘yicha bir qator tegishli tashkilotlar tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

    “3,2 dollar qanday qilib 5600 so‘mga o‘tkazildi, degan gapga keladigan bo‘lsak, o‘sha yerda to‘lov qobiliyati pariteti bo‘yicha, deb aniq qilib aytdik. To‘lov qobiliyati pariteti bo‘yicha 3,2 dollar qiymatdagi mahsulotlar, masalan, AQShda bu qiymatga nima mahsulotlar ola olasiz, shu pulning qancha kuchi bor va shu mahsulotlarni O‘zbekistonda qanchaga olsa bo‘ladi? Mana shu paritet koeffitsiyenti bo‘yicha hisoblanadi. U nominal bo‘yicha hisoblanmaydi.

    Masalan, Amerikada bir dona nonni 2 dollarga oladigan bo‘lsangiz, O‘zbekistonda bir dona non 20 sent bo‘ladi. O‘n barobar farqi bor. Bu koeffitsiyent bitta non, benzin yoki boshqa narsaga emas, bir nechta, mingdan ortiq mahsulotlar orqali hisoblab chiqiladi. Bundan tashqari, 2020-yilda ham Jahon banki bilan birgalikda 2011-yildan beri to‘lov qobiliyati pariteti bo‘yicha bo‘lgan summani hisoblab chiqqanimizda ham bu summa chiqqan.

    5600 so‘m deganim, bu summa ayrim koeffitsiyentlar bo‘yicha 6 ming, 5,5 ming, 6,5 ming atrofida turadi. Unchalik ham katta farq qilmaydi. Bir narsani aytib o‘tishim kerak: bu global kambag‘allik ko‘rsatkichi. Buni O‘zbekistonda amal qiladi, deb hech kim aytgani yo‘q, hech kim aytmaydi ham. Shuning uchun bizning asosiy maqsadimiz – O‘zbekistondagi milliy kambag‘allik chegarasini ishlab chiqish. Uni ishlab chiqish uchun hozir tadqiqotlar olib borilmoqda va ayni paytda tegishli tashkilotlar bilan tadbirlar ishlab chiqilyapti. Kecha aytilgan narsa O‘zbekistonda shunday ekan, degani emas. Bu kambag‘allikni o‘lchash bo‘yicha bir o‘lchov sifatida aytildi. Bu o‘rta, past daromadli mamlakatlarning holatidan kelib chiqqan ko‘rsatkich edi”, — dedi Obid Hakimov.

    05.11.2020, 19:23   Izoh (0)   42312
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 9 oy ichida jismoniy zo‘ravonlikka uchragan 170 ga yaqin erkak yordam uchun reabilitatsiya markazlariga murojaat qildi

    05.11.2020, 19:11

    O‘zbekistonda 6-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

    05.11.2020, 18:34

    Eng arzon go‘sht O‘zbekistonning qaysi bozorlarida sotilayotgani ma’lum qilindi

    05.11.2020, 18:22

    Qashqadaryoda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan “Moskvich” mototsiklni urib yubordi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan (video)

    05.11.2020, 17:48

    Farg‘onada 2 nafar qiz tanishining singlisini ranjitgan qizni “samosud” qildi (video)

    05.11.2020, 17:24

    Abdulaziz Komilov Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri bilan muzokara o‘tkazdi

    05.11.2020, 17:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.