• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda gidrometeorologiya xizmatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda gidrometeorologiya xizmati faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Qayd etilishicha, gidrometeorologiya xizmati qishloq xo‘jaligi, energetika, transport, ekologiya kabi bir qancha sohalar uchun juda muhim. Lekin yillar davomida e’tibor berilmagani oqibatida O‘zbekistonda bu yo‘nalish zamondan orqada qolib ketgan. Aerologik kuzatuv 1995-yildan buyon o‘tkazilmaydi. Bu esa ob-havo haqidagi ma’lumotlarning ishonchliligini pasaytiradi. Xalqaro standart bo‘yicha qaralsa, mamlakat hududida 4 mingta stansiya bo‘lishi zarur, amalda esa 335 ta bor.

    Ta’kidlanishicha, gidrometeorologiya xizmati markazining moddiy-texnik bazasi eskirgan, iqtisodiy rentabelligi ham past. Xususan, markaz o‘tgan 9 oydagi xarajatlarning atigi 6 foizini o‘z daromadidan qoplagan.

    “Gidrometeorologiya xavfsizligimizni ta’minlaydigan muhim sohalardan biri. Bugun eng asosiy vazifa — tizimda xizmat sifatini o‘zgartirish kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Yig‘ilishda sohada xizmat ko‘rsatishni bosqichma-bosqich tijoratlashtirish yuzasidan taqdimot o‘tkazildi. Bugungi kunda meteorologik ma’lumotlar 35 ta idoraga, jumladan, 20 ga yaqin tijorat tashkilotiga bepul berilmoqda. Xizmat narxlari xarajatga nisbatan kam bo‘lib, 15 yildan buyon ko‘rib chiqilmagan.

    Davlat rahbari ushbu narxlarni qayta ko‘rib chiqish va pulli xizmatlar qamrovini kengaytirish muhimligini ta’kidladi.

    Qayd etilishicha, bu borada foydalanilmayotgan imkoniyatlar ko‘p. Masalan, 2021-yilda davlat-xususiy sheriklik asosida Karmana va Nurobod tumanlarida bittadan quyosh elektr stansiyasi, 2022-yilda uchta quyosh va bitta shamol elektr stansiyasi barpo etiladi. Ularda ishlab chiqarish hajmini rejalashtirish uchun meteorologiya xizmatlariga zarurat bor.

    Shuningdek, ob-havoni prognoz qiluvchi internet platformalar, klasterlar va xorijiy ilmiy muassasalarga pulli xizmatlar ko‘rsatish mumkin.

    Ma’lum qilinishicha, Gidrometeorologiya markazida 100 yillik ma’lumotlar saqlanmoqda. Ular qog‘oz shaklida bo‘lib, 18 million varaqdan iborat. Ushbu ma’lumotlarni to‘liq raqamlashtirish vazifasi qo‘yildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Yig‘ilishda meteorologiya xizmatining moddiy-texnik ta’minotidagi kamchiliklar atroflicha ko‘rib chiqildi. Qayd etilishicha, 70 ta stansiyaning atigi 14 tasi avtomatlashgan. Ob-havo prognozi 10 yil oldingi dasturiy mahsulotlar asosida tayyorlanmoqda. Oqibatda ob-havo va tabiiy ofatlar haqidagi ma’lumotlar kechikmoqda. Toshkent, Samarqand va Nukusdagi 3 ta meteorologik lokator ma’lumotlari yetarli bo‘lmayapti.

    Shu bois kelgusi yillarda Buxoro, Navoiy, Surxondaryo va Namangan viloyatlarida lokatorlar o‘rnatish, barcha stansiyalarni avtomatlashtirish, yangi stansiya va postlar qurish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Bular natijasida meteorologiya xizmatining sifati va tezligi ancha oshadi.

    “O‘zgidromet” Jahon meteorologiya tashkilotining mintaqaviy markazi hisoblanadi. Davlat rahbari bu maqomni saqlab qolish muhimligini ta’kidlab, 2022-yilda Samarqandda zaxira ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va saqlash bo‘yicha mintaqaviy xab tashkil qilishga ko‘rsatma berdi.

    Meteorologiya ma’lumotlari qishloq xo‘jaligida samaradorlikni ta’minlaydigan muhim omillardan biri. Chet elda agrar sohadagi korxonalar uchun o‘simlik namligi, yomg‘ir miqdori, chuqurlikdagi tuproq haroratini aniqlash kabi 20 dan ortiq xizmat ko‘rsatiladi. O‘zbekistonda bunday xizmatlar atigi 9 turdan iborat. Agrometeorologik xizmatlar 96 ta stansiya va postda olib borilayotgani, ularning soni so‘nggi 10 yilda atigi 5 taga ko‘paygani sababli prognozning ishonchliligi 80-85 foizdan ortmaydi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Gidrometeorologiya xizmati markaziga 2021-yilda har bir viloyatda qo‘shimcha agrometeorologiya postlari tashkil etish bo‘yicha topshiriq berildi. Jahon oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining granti doirasida Jizzax va Qashqadaryoda agrometeorologik stansiya hamda o‘lchov vositalari o‘rnatib, xizmatlar sonini 14 taga yetkazish, keyinchalik buni barcha hududlarda joriy etish muhimligi ta’kidlandi. Fermer xo‘jaligi va klasterlarga onlayn xizmat ko‘rsatadigan dasturiy ta’minot ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

    Sohada ilm-fanni rivojlantirish va kadrlar salohiyatini oshirish masalalariga ham e’tibor qaratildi. 2021/2022-o‘quv yilidan O‘zbekiston Milliy universitetida gidrometeorologiya fakulteti tashkil etish, Toshkent gidrometeorologiya texnikumida zamonaviy o‘rta bo‘g‘in mutaxassislari tayyorlash va malakasini oshirish zarurligi aytildi.

    Soha xodimlarining oylik maoshini oshirish va uzoq muddatli xizmat uchun ustama to‘lash tizimini joriy etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

    Avvalroq O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati samarali faoliyat yuritish uchun xodimlarning oylik maoshlari kamligi va malakali kadrlar ketib qolishi kabi masalalarni zudlik bilan hal etish lozimligini ma’lum qilgandi.

    03.11.2020, 21:34   Izoh (0)   18741
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda Italiya bilan hamkorlikda endokrinologiya markazi barpo etiladi

    03.11.2020, 21:22

    O‘zbekiston va Qozog‘iston “to‘siqlarni yechish” va aksiz siyosatini liberallashtirish masalalarini muhokama qildi

    03.11.2020, 21:10

    “O‘zgidromet” maoshlar kamligi va kadrlar sohadan ketib qolayotganini ma’lum qildi

    03.11.2020, 20:58

    O‘zbekiston Tergov departamenti, YHXBB va Toshkent shahar IIBBning saytlari ishlamay qoldi

    03.11.2020, 19:15

    Jahongir Ortiqxo‘jayev: “Toshkent bo‘yicha 35 ta noqonuniy qurilish aniqlangan”

    03.11.2020, 18:33

    Deputatlar O‘zbekistonning yangi sog‘liqni saqlash vaziri nomzodini ma’qulladi

    03.11.2020, 18:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ishga borish taqiqlanadi: Isroildagi o‘zbekistonliklar yangi cheklovlar haqida ogohlantirildi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 11:18

    Eron yadro obyektlaridagi ehtimoliy halokatning O‘zbekistonga ta’siri bormi?

    O‘zbekiston | 22 iyun, 10:54

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Inter” va “Fluminense”dan g‘alaba, Ramos boshchiligidagi “Monterrey” ikkinchi bahsda ham durang o‘ynadi (video)

    Sport | 22 iyun, 10:37

    AQSH Eronning uchta yadroviy obyektiga zarba berdi

    Dunyo | 22 iyun, 09:20

    O‘zbekistonda davlat organlari faolligining milliy reytingi joriy etiladi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 09:05

    Tramp “Amerika ovozi”ning 639 nafar muxbirini ishdan bo‘shatdi

    Dunyo | 21 iyun, 23:50

    FVV aholiga soat 10:00 dan 17:00 gacha tik tushadigan quyosh nurlari ostida bo‘lmaslikni tavsiya qildi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 23:30

    Braziliyada havo shari qulashi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 21 iyun, 23:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.