• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    130 ming kishini olib ketgan tabiiy ofat. Lissabon zilzilasi tarixi

    1755-yil 1-noyabr katoliklarning muqaddas bayrami bo‘lmish Avliyolar kunida Portugaliya poytaxti Lissabon shahri o‘z tarixidagi misli ko‘rilmagan fojiaga yuz tutdi. Shu kuni vayronkor zilzila butun shaharni yer bilan bitta qildi. “Daryo” bugungi maqolada ushbu zilzila haqida hikoya qiladi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Lissabondagi zilzila mahalliy vaqt bilan soat 9:40 da yuz berdi. Turli manbalarda zilzila oqibatida 5 mingdan 130 minggacha odam halok bo‘lgani aytiladi. Ortidan sunami va yong‘inlarni keltirib chiqargan mazkur zilzila shaharni butunlay vayron qilib yubordi.

    Zilzilaning geologik sabablari va uning seysmik kuchi bugungi kun olimlari tomonidan ham muhokama qilib kelinmoqda. Ammo bu haqidagi sifatli va aniq dalillarning yo‘qligi bu borada aniq bir fikr bildirishga xalaqit bermoqda. Uning seysmik kuchi Rixter shkalasi bo‘yicha 8,5-9 ballni tashkil qildi. Zilzila epimarkazi esa hamon muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Keng tarqalgan fikrga ko‘ra, u Kobo Sen-Vinsentidan 200 km janubda bo‘lgani aytildi. Bunday ko‘lamdagi zilzilalar har 1 500-2 000 yilda bir takrorlanishi taxmin qilinadi.

    Mazkur zilzila nafaqat Portugaliya, balki butun Yevropa va qisman Afrikaga ham ta’sir qildi. Zamonaviy manbalar shu kuni jami 10 daqiqa davom etgan uchta silkinish bo‘lganini qayd etdi. Buning natijasida yerda besh metrgacha bo‘lgan yoriqlar paydo bo‘ldi. Zilziladan bir necha daqiqa o‘tgach esa balandligi 5-10 metrdan oshadigan sunami yuzaga keldi va Taxo daryosi bo‘yida joylashgan Lissabon shahri markazining ko‘p qismi suv ostida qolishiga sabab bo‘ldi. Sunamidan omon qolgan hududlar esa mo‘rilarning qulashi natijasida yuzaga kelgan yong‘inlar ichida qoldi va bu yong‘inlar besh kun davomida shaharni kulga aylantirdi.

    Lissabon zilziladan zarar ko‘rgan yagona Portugaliya shahri emas edi. Mamlakat janubi, ayniqsa, Algavri shahri ham zilzila natijasida juda katta zarar ko‘rgan edi. Zilzila kuchi Yevropada Finlandiyagacha sezildi. Atlantika okeani qirg‘oqlari bo‘ylab sunamilar yuzaga keldi. Ular Shimoliy Afrikadan tortib Martinik orollarigacha yetib bordi.

    Zilzila natijasida Ispaniyaning Andaluziya va Galisiyadagi asosiy port shaharlari Kadis, Seviliya, Lakarunya katta vayronalar ostida qoldi. Natijada, Amerika bilan savdo shimoliy Yevropa portlari orqali amalga oshiriladigan bo‘ldi. Bu esa Ispaniyaning Atlantikadagi hukmronligiga katta zarba berdi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Lissabonning 85 foiz binosi buzilib ketdi. Ular orasida Portugaliyaning o‘ziga xos arxitekturasi namunalari bo‘lmish saroylar, cherkovlar bor edi. Zilziladan buzilmagan binolar esa yong‘inlar oqibatida vayron bo‘ldi. Jami 18 mingta bino vayron bo‘ldi. Jumladan, yangi qurib bitkazilgan opera binosi ham yonib kul bo‘ldi. Taxo daryosi bo‘yida joylashgan ichida 70 ming nusxadagi kitoblarga ega kutubxonasi, Rubens, Titsian, Korrejo kabi mashhur rassomlar asarlari doxil yuzdan ortiq san’at asarlari bo‘lgan qirol saroyi ham zilzila oqibatida vayron bo‘ldi. Shuningdek, Vasko da Gama kabi dengizchilarning hisobotlari saqlanayotgan davlat qirollik arxivi ham yo‘q bo‘lib ketdi.

    Afrikaning Atlantika sohillarida joylashgan Marokash, Gibraltar bo‘g‘ozi hududlari ham zilziladan zarar ko‘rdi. Jumladan, Marokashning Tanjer, Rabot, Sale, Mazagan (al-Jadida), Asila, Larash, Mahdiya, Kasablanka, Safi, as-Suvayra, Agadir shaharlari vayron bo‘ldi. Rabotdagi Hasan minorasi jiddiy zarar ko‘rdi va uning gumbazi buzildi. Tanjerda sunami 2 km ichkariga kirib borib, shahar devorlari ostida to‘xtadi. 18 kundan keyin Fes shahrida yana bir kuchli zilzila qaytalandi va jiddiy vayronliklar keltirib chiqardi.

    Zilzila paytida Portugaliya qiroli poytaxtda emas edi. Qizlaridan birining iltimosiga binoan shahar tashqarisida bayram munosabati bilan o‘tkazilgan messada ishtirok etish uchun shahardan chiqib ketgan edi. Fojiadan keyin Ajuda shahrida chodir tikilib, qirol oilasi va ma’muriyat shu yerda yashay boshladi. Qirol Jozef I vafotidan keyin uning qizi Mariya I Ajuda shahrida chodirlar joylashgan hududda yangi va hozirgi qirollik saroyini qurdirdi.

    Fojiadan, shuningdek, bosh vazir Markiz Pombal Sebastiao de Melo ham tirik qolgan edi. O‘zining pragmatik boshqaruv uslubi bilan mashhur bo‘lgan ushbu vazir darhol qutqaruv va qayta qurish ishlarini boshlab yubordi. Yong‘in joylariga o‘t o‘chirish jamoalarini yubordi va yana bir guruh jamoaga jasadlarni yig‘ishga buyruq berdi. Uning “Endi o‘lganlarni ko‘ming va tiriklarga taom bering” gapi mashhur bo‘lib, fojiadan keyin qayta tiklanishda uning qanday xarakter ko‘rsatganini shundan ham bilib olish mumkin. Bir yildan keyin Lissabon barcha vayronagarchiliklardan xoli bo‘ldi va qayta qurish maydoniga aylandi. Ushbu falokat Lissabonning qayta qurilishiga zamin yaratdi va bu  safar keng maydonlar va keng ko‘chalarga ega Lissabon shahri bunyod etildi.

    Bosh vazir rahnamoligida qurilgan bu yangi binolar Yevropada qurilgan ilk antiseysmik binolar bo‘lib, aynan mana shu qurilishlar bugun Lissabonning turistik markazlaridan biri hisoblanadi. Portugaliyaning boshqa shaharlarida qurilgan markaziy maydonlar ham xuddi shu ko‘rinishda qayta qurildi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Bosh vazir nafaqat qayta qurishga e’tibor qaratdi, balki hududlardagi nasroniy jamoalariga bir nechta savollardan iborat so‘rovnoma yubordi. Ushbu so‘rovnomada quyidagi savollar o‘rin olgan edi:

    • Zilzila qancha vaqt davom etdi?
    • Nechta qayta silkinish yuzaga keldi?
    • Qanday turdagi zarar yetkazildi?
    • Hayvonlarda g‘ayriodatiy holatlar kuzatildimi?
    • Quduqlar va ko‘priklarga nima bo‘ldi?
    Mazkur savollarga yuborilgan javoblar bugungi kunda davlat arxivida saqlanadi. Aynan mana shu javoblar natijasida mutaxassislar falokatning ilmiy jihatini yoritishga muvaffaq bo‘ldi. Shu sababli ham bosh vazir Markiz Pombal zamonaviy seysmologiya fanining asoschisi deya e’tirof etiladi.

    Mazkur zilzila mamlakatdagi siyosiy taranglikka ham sabab bo‘lib, davlatning XVIII asrdagi mustamlakachilik manfaatlariga jiddiy zarar berdi.

    Xulosa qiladigan bo‘lsak, barcha tabiiy ofatlar insonning ular oldida qanchalik ojiz ekanini ko‘rsatishi bilan bir qatorda, uning qayta oyoqqa tura olishini va barchasini qaytadan boshlash qobiliyatiga ega ekanini ko‘rsatadi. Jumladan, Lissabonda yuz bergan zilzila ham buni isbotlab bergan desak, yanglishmagan bo‘lamiz.

    Jahongir Ostonov tayyorladi.

    02.11.2020, 17:11   Izoh (0)   34084
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Oziq-ovqat sanoati uyushmasiga rais tayinlandi

    02.11.2020, 16:34

    Turkmanistonda xorijliklar uchun mamlakatga kirish cheklovi 2021-yilga qadar uzaytirildi

    02.11.2020, 16:10

    Izmirdagi zilziladan so‘ng 65 soat o‘tib, vayronalar ostida qolgan 3 yoshli qizcha qutqarib olindi

    02.11.2020, 15:59

    So‘rov: Jo Bayden AQShning to‘rtta asosiy shtatida yetakchilik qilmoqda

    02.11.2020, 15:11

    Moldaviyadagi prezident saylovining 2-bosqichi belgilandi. 1-bosqichda Igor Dodon Mayya Sandudan ortda qoldi

    02.11.2020, 14:34

    Gruziya muxolifati parlament saylovlari natijasidan norozi

    02.11.2020, 13:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.