Rossiyaning “Ufa” klubi sobiq bosh murabbiyi Vadim Yevseyev “Spartak” yarim himoyachisi Oston O‘runovning o‘yini borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
— Nega O‘runov hali “Spartak”da muvaffaqiyat qozona olmadi?
— Chunki “Spartak” bu — “Spartak”. “Ufa” esa “Ufa”. Bunga vaqt kerak.
— O‘runovning kuchli tomoni nimada?
— O‘runovning kuchli tomoni — bu tezkor dribling.
— Kuch tomondan-chi?
— Kuch tomondan ham uning driblingi joyida. Uning salohiyati yuqori. Salohiyat borasida u Vlashichga (SSKA va Xorvatiya terma jamoasining hujumkor yarim himoyachisi — “Daryo”) yaqinroq.
— Oston Vlashich darajasiga yeta oladimi?
— Yeta oladi, lekin buning uchun o‘ynashi kerak.
Eslatib o‘tamiz, “Spartak” 5-avgust kuni “Ufa”dan O‘runovni sotib olganini e’lon qilgandi. 19 yoshli futbolchining transferi poytaxt klubiga 2 million yevroga tushgani va Ostonning yillik maoshi 600 ming yevroni tashkil etishi xabar qilingandi.
Izoh (0)