“Tottenhem” darvozaboni Ugo Lyoris Yevropa Ligasi 2-turi doirasida “Antverpen”ga qarshi o‘yinda (0:1) maydonga tushdi.
Bu Lyoris uchun Yevrokuboklardagi 100-o‘yin bo‘ldi. Opta ma’lumotlariga ko‘ra, Lyoris Yevrokuboklarda yuzta o‘yin o‘tkazgan ilk fransiyalik darvozabonga aylandi. 33 yoshli posbon hisobida 32 ta Yevropa Ligasi va 68 ta Chempionlar Ligasida o‘tkazilgan o‘yin mavjud (saralash bahslarini inobatga olganda).
Lyoris 2020/21-yilgi mavsum barcha musobaqalarda 9 ta o‘yinda qatnashib, o‘z darvozasidan 11 ta to‘p o‘tkazib yubordi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)