“Milan” Yevropa Ligasi 2-turida “Sparta”ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi (3:0).
Shu tariqa milanliklar ketma-ket 12-o‘yinda ikki va undan ortiq gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Opta’ning xabar qilishicha, “Milan” 90 yil deganda ilk bor ushbu natijani qayd eta oldi. So‘nggi bor jamoa 1929/30-yilgi mavsumda 12 ta uchrashuv davomida 2+ gol urgandi.
Ayni damda A Seriya peshqadami bo‘lib turgan Stefano Pioli shogirdlari 1-noyabr kuni chempionat doirasida “Udineze”ga qarshi bahs yuritadi. 5-noyabrda esa Yevropa Ligasida “Lill”ga qarshi bahs olib boradi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)