Google xaritasidan uyini qidirgan yigit to‘satdan 2020-yilning yanvarida vafot etgan otasini topib oldi. Bu haqda u Reddit tarmog‘iga yozib qoldirgan.
Ta’kidlanishicha, otasining o‘limidan keyin u oilasi bilan birga uyni sotishga qaror qilgan. Yigit uyini Google xaritasidan ko‘rmoqchi bo‘lgan vaqt kadrda otasi borligiga guvoh bo‘lgan. U otasini oddiy kiyimda uy devorlarini bo‘yayotganini yozib qoldirgan.
Shuningdek, yigit otasi so‘nggi 10 yil davomida uyni, taxminan, 5 marta bo‘yagani, u hech qachon shoshmagani, haftalab ushbu ish bilan shug‘ullangani sabab u doim uyni bo‘yash bilan mashg‘uldek tuyilganini bildirgan. Qo‘shimcha qilinishicha, yigitning otasi glioblastoma — miya saratoni tashxisi qo‘yilganidan keyin 6 oy o‘tib vafot etgan.
Avvalroq indoneziyalik bloger Lediya Elan Safitri Google xaritasida vafot etgan onasini ko‘rib qolgani haqida xabar bergandik.
Izoh (0)