Amerikalik yakkakurashchi Jastin Getji UFC 254 musobaqasida Habib Nurmagomedovdan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.
“Mag‘lubiyat — bu hali yakun degani emas. Ikki bor mag‘lubiyatga uchraganman va hozir menga nazarga tashlang. Men shunchaki kamar uchun kurashdim. Dastin Poryega 2018-yilda yutqazganimdan keyin mana shu darajadagi jangda qatnasha olishimga ishongan odamlar ko‘p emas. Men bunga ishondim, chunki musobaqalashishni juda yaxshi ko‘raman. Nega endi yo‘q? Habib faoliyatini yakunlaganidan keyin men birinchi raqamga aylandim”, — deydi Getji.
Eslatib o‘tamiz, 24-oktabr kuni Abu-Dabidagi (BAA) “Jangchilar oroli”da bo‘lib o‘tgan musobaqa asosiy jangida Habib Nurmagomedov va Jastin Getji o‘zaro to‘qnash keldi. Unda rossiyalik sportchi ikkinchi raundda raqibiga bo‘g‘ish usulini qo‘llab g‘alaba qozondi. Jangdan keyin Habib faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi.
UFC 254 musobaqasi barcha janglarini bu yerda tomosha qilish mumkin — video.
Izoh (0)