UFC prezidenti Deyna Uayt yengil vazn toifasi chempioni Habib Nurmagomedov Jastin Getji qarshi jang oldidan jarohat olgani haqida gapirdi.
“Mengacha bir ma’lumot yetib keldi. Buni eshitdingizmi yoki yo‘q bilmayman. Ma’lum bo‘lishicha, unda oyoq sinishi kuzatilgan. Bu jangdan uch hafta avval sodir bo‘lgan. Buni menga Habibning atrofidagi odamlar aytdi. U hech kimga hech narsa demadi, Habib eng chidamli odamlardan biri”, — deydi Uayt.
Eslatib o‘tamiz, Habib “Jangchilar oroli”da bo‘lib o‘tgan UFC 254 musobaqasida Jastin Getjini ikkinchi raundda bo‘g‘ish usulini qo‘llab taslim etdi. Jangdan keyin rossiyalik yakkakurashchi faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi.
UFC 254 musobaqasi barcha janglarini bu yerda tomosha qilish mumkin — havola.
Izoh (0)