Haj mavsumida O‘zbekiston fuqarolari Saudiya Arabistoniga qassobchilik ishlariga jalb qilinishi mumkin. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi va Islom taraqqiyot banki vakillari ishtirokida videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan uchrashuvda muhokama qilindi.
Uchrashuvda Haj mavsumida O‘zbekiston fuqarolarini Saudiya Arabistoniga qassobchilik ishlariga jalb qilish masalalari muhokama etilgan. Xususan, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar, ish sharoitlari va boshqa tashkiliy masalalar bo‘yicha fikr almashilgan.
Tomonlar yaqin vaqt oralig‘ida fuqarolarni qassobchilikka jalb qilish bo‘yicha O‘zbekistondagi mavjud imkoniyatlar, xususan, shariat asosida Haj mavsumida qurbonlik uchun hayvonni so‘yish tajribasi, arab yoki ingliz tilini bilish darajasi, fuqarolarni ushbu sohaga tayyorlash imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha ishlarning olib borilishini ma’lum qilgan.
Ta’kidlanishicha, muzokaralar natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.
Avvalroq O‘zbekiston fuqarolari Saudiya Arabistoni va boshqa arab mamlakatlaridagi maishiy soha ishlariga jalb qilinishi to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)