Bahrom Abduhalimov “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi siyosiy kengashi raisi etib saylandi. Bu haqda “Yuksalish” harakati xabar berdi.
Bahrom Abduhalimov 1959-yil 27-fevralda Toshkent shahrida tavallud topgan. Toshkent davlat universitetini tamomlagan (1981-yil). O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida kichik, katta ilmiy xodim, bo‘lim boshlig‘i, ilmiy kotib, ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, direktor, O‘zbekiston Prezidenti davlat maslahatchisi lavozimlarida ishlagan. Tarix fanlari doktori, Markaziy Osiyo tarixi va sharqshunoslik sohasidagi olim.
U 2011-yildan buyon Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Avvalroq “Adolat” partiyasining sobiq yetakchisi Narimon Umarov Prezident farmoni bilan senator etib tayinlangandi.
Izoh (0)