Xalq deputatlari Namangan viloyati kengashi deputati, “Istiqlol javohiri” mas’uliyati cheklangan jamiyati raisi Islomjon Tayrboyev 44 yoshida vafot etdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Islomjon Tayrboyev 1976-yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. 1995-yili Namangan sanoat texnologiya instituti huzuridagi tadbirkorlik va biznes kursini tamomlagan.
2008-yildan hozirga qadar Namangan shahridagi “Istiqlol javohiri” mas’uliyati cheklangan jamiyati raisi lavozimida ishlab kelayotgandi.
Islomjon Tayrboyev 2020-yil 21-oktabr kuni baxtsiz hodisa tufayli vafot etgani aytiladi. Uning o‘limiga aynan nima sabab bo‘lganiga oydinlik kiritilmagan.
Eslatib o‘tamiz, 19-oktabr kuni Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi A’zamxon Bahromov vafot etgani haqida xabar berildi. 7-oktabr kuni Andijon viloyati Oltinko‘l tumani hokimi Nazirjon O‘rinboyev va Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Bahromjon Nurmatov uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng vafot etgani ma’lum bo‘lgan edi. 29-sentabr kuni Andijon viloyatining Xonobod shahri hokimi Musaxon Mamadaliyev o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi kasalligidan vafot etgani e’lon qilingan edi.
Izoh (0)