Yarim yengil vazn toifasida ACA reytingi yetakchisi Magomedrasul Xasbulayev amakivachchasi Habib Nurmagomedov otasining o‘limidan keyin qay darajada o‘zgargani haqida gapirdi.
“U endi faqat o‘zigagina tayana olishini anglab yetdi. Abdulmanap endi yonida yo‘qligini tushundi, shu sabab ayrim holatlarda avvalgidan ko‘proq mehnat qilmoqda. Habib Getjiga qarshi to‘qnashuvda avvalgi janglaridan ko‘ra ko‘proq motivatsiya bilan harakat qiladi deb o‘ylayman.
Habib doim yetakchi bo‘lgan. U MMA’ning eng yuqori promoushenida harakat qiladi va unda chempionlik kamariga ega. Shunday bo‘lsa-da u hech qachon manmanlikka berilmagan va o‘z obro‘yi bilan maqtanmaydi. U jamoadagi barcha bilan bir xil ohangda gaplashadi, ularni qo‘llab-quvvatlaydi va maslahatlar beradi”, — deydi Xasbulayev.
Eslatib o‘tamiz, 58 yoshli Adbulmanap Nurmagomedov 3-iyul kuni koronavirus asoratlari oqibatida vafot etdi.
Habib Nurmagomedov 24-oktabr oqshomida UFC 254 musobaqasida Jastin Getjiga qarshi jang qiladi. Qayd etish joiz, UFC 254 musobaqasida o‘zbekistonlik Liliya Shokirova ham ishtirok etadi. Ushbu musobaqani bu yerda tomosha qilish mumkin — havola.
Mavzuga doir: Habib Nurmagomedov: “Men qattiqqo‘l ota bo‘lishni xohlayman”
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)