Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

UFC’ning yengil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedov bolalar tarbiyasi haqida gapirib o‘tdi.

Foto: Twitter / @GFC

Foto: Twitter / @GFC
Men hozircha qanday ota ekanligimni anglab yetganimcha yo‘q. Boisi uchala farzandim ham hali juda yosh. Ammo qattiqqo‘l ota bo‘lishni xohlardim. Qoidalarga ko‘ra, ota-ona qanchalik qattiqqo‘l bo‘lsa, farzandlarning natijalari shunchalik yaxshi bo‘ladi. Ularni erkalatib yuborish kerak emas. Otalik ko‘plab narsalarni o‘zgartiradi. Avvaliga sening bolalaring borligini tushunmaysan. Keyin esa ko‘plab narsalarni boshqacharoq qilishni boshlaysan.

Men qattiqo‘l ota bo‘lishni istayman, boisi mendagi imkoniyatlar bilan bolalarni nimalardandir cheklash juda qiyin bo‘ladi. Bolalarni esa har doim qaysidir vaziyatlarda cheklab turish lozim: vaqt va shaxsiy ehtiyojlar bo‘yicha. Menda doim cheklovlar bo‘lgan.

Do‘stlarimning badavlat otalari bor. Menda esa unday bo‘lmagan. Otam bunday narsalarga boshqacha qaragan, men ham u kabi fikrlashni istayman. Biroq menga qiyin bo‘ladi, chunki otam ham boshqa vaqtlarda ulg‘aygan.

Habib Nurmagomedov, UFC chempioni

Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmagomedov 24-oktabr, shanba kuni tunda Jastin Getjiga qarshi chempionlik jangida ishtirok etadi. Qayd etish joiz, UFC 254 musobaqasida o‘zbekistonlik Liliya Shokirova ham ishtirok etadi. Ushbu musobaqani bu yerda tomosha qilish mumkin — havola.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
MIB: Ijro hujjatlarini qaytarishdan byuro organlari manfaatdor emas
Sport
Rasman: Neyt Dias UFC’ni tark etdi
Mahalliy
Toshkent yerusti metrosining 19 ta bekati nomi o‘zgaradi