Yevropa Chempionlar Ligasining 1-tur uchrashuvlari yakunlari bo‘yicha haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomi e’lon qilindi.
Ovoz berish natijalariga ko‘ra, “Atletiko M”ga qarshi bahsda ikkita gol urib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan “Bavariya” vingeri Kingsli Koman bu nomga loyiq deb topildi.
Koman quyidagi futbolchilarni ovoz berish jarayonida ortda qoldirdi:
- Alvaro Morata (“Yuventus”) — “Dinamo Kiyev”ga qarshi o‘yinda (2:0) ikkita gol;
- Anxelinyo (“Leypsig”) — “Istanbul Bashakshehir”ga qarshi o‘yinda (2:0) ikkita gol va 73% uzatma aniqligi;
- Tete (“Shaxtyor”) — “Real”ga qarshi o‘yinda (3:2) gol va ikkita golli uzatma.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)