Kanadadagi Makmaster va Brok universitetlari muhandislari qondagi qand miqdorini aniqlashga yordam beradigan monitor ko‘rinishida saratonni aniqlovchi qurilmani yaratdi, deb xabar beradi Science Daily.
“Prototip o‘ziga xos prostatik antigenlarni (PGA) aniqlash uchun yaratilgan, biroq texnologiyani saraton yoki boshqa surunkali kasalliklarni aniqlaydigan qurilma sifatida moslashtirish ham mumkin”, — deydi qurilma mualliflari.
Olimlarning fikricha, bu kabi ma’lumotlarni uydan turib foydalanish bemorlar hayotini yengillashtirgan va shifokorlarni kasallarni davolash jarayonida aniq hamda dolzarb ma’lumotlar bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Shuningdek, u sog‘liqni saqlash tizimi va bemorni ortiqcha sarf-xarajatlardan xalos etadi.
“Bu haqiqiy personallashgan tibbiyot yo‘lidagi yana bir qadam hisoblanadi. Biz markazlashgan, testlar uchun laboratoriya qurilmalari talab qilinishidan chetlashyapmiz. U monitoringni ancha osonlashtiradi va bemorlarning qon topshirish uchun shifoxonalarga qatnashini kamaytiradi”, — deydi loyiha rahbarlaridan biri, biomuhandis Leyla Sulaymoniy.
Biroq mazkur ixtiro keng ko‘lamli sinovlardan o‘tkazilishi va tegishli organlardan ommaviy ishlab chiqarish uchun ruxsat olinishi lozim.
Avvalroq olimlar saratonni o‘ldirishga qodir bo‘lgan parhezni ishlab chiqqani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga doir: Saratonni davolashning yangi usuli topildi
Izoh (0)