Barcha murakkab hisoblari server qurilmalarida amalga oshiriladigan striming o‘yin servislarining paydo bo‘lishi ko‘plab qulayliklarni yuzaga keltirdi. Xususan, Doom Eternal o‘yinini muzlatkich orqali o‘ynash imkoniyati paydo bo‘ldi, deb yozadi IXBT.
Oddiy muzlatkichdan bu kabi maqsadlarda foydalanishning imkoni yo‘q — katta ekran va Android bazasida ishlaydigan dasturiy ta’minot kerak, biroq mazkur holat baribir qiziqarli. Tez orada shu turdagi o‘yinlarni domofon yoki biror “aqlli” soatlarda ham o‘ynash mumkin bo‘ladi — faqatgina joystik ulanadigan joy va qo‘shimcha dasturlarni o‘rnatish imkoniyati bo‘lsa bo‘lgani.
Mazkur holatda Samsung Family Hub’ga Xbox mobil dasturi o‘rnatilgan, qolgani zamonaviy texnikaning ishi — xCloud va Xbox Game Pass Ultimate servislari. E’tiborli jihati, muzlatkichga Xbox’ning o‘zini o‘yin “kontrolleri” ulangan.
Avvalroq Reddit tarmog‘i foydalanuvchisi kartoshkadan olingan elektr energiyasidan foydalanib, kalkulyatorda Doom o‘yinini ishga tushirgan edi.
Mavzuga doir: Xaker Canon printerida Doom o‘yinini o‘ynadi
Izoh (0)