• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Navoiyda 4 mlrd so‘mga qurilgan bolalar bog‘chasi 8 oy o‘tib ta’mirtalab ahvolga kelganiga izoh berildi

    Navoiy viloyatining Konimex tumanidagi 2-sonli “Oltin kalit” davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti 2020-yilning fevral oyida foydalanishga topshirilib, uning qurilishiga 4 milliard so‘m sarflangani va oradan 8 oy o‘tgach muassasa ta’mirtalab ahvolga kelib qolgani haqida xabar berilgandi.

    Foto: “Fakt 24” ko‘rsatuvidan kadr

    Foto: “Fakt 24” ko‘rsatuvidan kadr

    Mazkur holat yuzasidan batafsil ma’lumot olish maqsadida Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot kotibi bilan bog‘langan “Gazeta.uz”ning yozishicha, u bolalar bog‘chasi faoliyati mart oyida boshlangan karantindan beri hozirgi kunda qadar qayta tiklanmaganini ma’lum qilgan.

    Vazirlik matbuot kotibi Navoiy viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasining holat yuzasidan bergan ma’lumotnomasini ham taqdim etgan. Xatda keltirilishicha, bolalar bog‘chasi 2018-yilda maktabgacha ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilishning manzilli dasturiga tushgan va muassasa uchun 125 o‘rinli qo‘shimcha blokni yonma-yon qurish belgilangan.

    Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqalishidan avvalroq — 13-oktabr kuni Navoiy viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i, viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK direktori va Konimex tuman MTB mudiri joyga chiqqan holda tafsilotlarni o‘rganishgani qayd etilgan.

    Ma’lum bo‘lishicha, tender savdolarida “Navoiy GRES qurilish” UK qurilish kompaniyasi yutib chiqqan, lekin obyekt qurilishi muddatini kechiktirgani va boshqa sabablarga ko‘ra, sudning tegishli qarori bilan ushbu kompaniya bilan shartnoma bekor qilingan. Obyektdagi yakuniy qurilish ishlari esa tegishli qaror asosida “Baraka bino” MChJga olib berilgan va bino qurilishi 2019-yilda yakunlanib, foydalanishga topshirilgan.

    Boshqarma ma’lumotnomasida haqiqatan ham bugungi kunda ushbu obyektning ichki qismidagi ayrim qo‘shimcha devorlarida yoriqlar borligi aniqlangani qayd etilmoqda. Mazkur maktabgacha ta’lim tashkilotining faoliyati shu yilning 16-mart sanasidan buyon to‘xtatilgan.

    Boshqarma ma’lumotnomasida “Shuningdek, ushbu maqola va video lavhadagi (ijtimoiy tarmoq va internet nashrlari haqida gap ketyapti) ayrim vajlar (ma’lumotlar) asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilamiz”, — deyiladi.

    “Xat davomida bolalar bog‘chasining eski binosiga oid nosozliklar haqida ham gap bormoqda. Lekin boshqarma ma’lumotnomasi mazmunidan anglash mumkinki, ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan mavzu bolalar bog‘chasining 4 milliard so‘mga bunyod etilgan yangi binosiga borib taqalmoqda”, — deb yozadi “Gazeta.uz”.

    Qayd etilishicha, DMTTning yangi binosi tantanali ochilishdan so‘ng, faoliyat yuritgan yoki yuritmaganini aniqlash maqsadida Navoiy viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i O‘tkir Tillayev bilan bog‘lanilgan. Uning ma’lum qilishicha, bog‘chaning yangi binosi to‘liq foydalanishga topshirilgan va karantin e’lon qilinguncha, ya’ni 16-mart sanasiga qadar ishlagan.

    Nashr manbasi bolalar bog‘chasining yangi binosini Navoiy viloyati hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi boshchiligidagi 7 kishidan iborat komissiyasi qabul qilib olganini aytmoqda. Devordagi yoriqlar esa tender savdolarida yutib chiqib, ishni oxiriga yetkaza olmagan “Navoiy GRES qurilish” UK qurilish kompaniyasining aybi sifatida ko‘rilmoqda.

    Ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Bekzod Bobomurodov bilan bog‘lanilgan. Uning ta’kidlanishicha,“Navoiy GRES qurilish” UK qurilish kompaniyasi avvaliga 90 foiz ishni amalga oshirgan va bankrotlik holatiga kelib qolgan. Devordagi yoriqlar esa rostan ham ushbu qurilish kompaniyasi ishi bo‘lib chiqmoqda. “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi komissiyasi qurilishdan so‘ng obyektni qabul qilib olganini tasdiqlagan.

    Hokim o‘rinbosarining ishontirishicha, obyektdagi qolgan 10 foiz bunyodkorlik ishlari boshqa qurilish kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan va bugungi kunga kelib aniqlangan kamchiliklar to‘liq bartaraf etilgan.

    Avvalroq Toshkentning Anhor kanali ustidagi piyodalar ko‘prigi ustunlari yemirilayotgani tasvirlangan suratlar tarqalgan holat yuzasidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” izoh bergandi. Undan avval Chirchiq daryosi ustiga qurilgan ko‘prik yaroqsiz holga kelayotgani tasvirlangan video yuzasidan holat voqea joyiga borib, mutaxassislar ishtirokida o‘rganilgandi. Ekspertlarning xulosasiga ko‘ra, ko‘prik atrofdagi shag‘al qazuvchilar sabab yaroqsiz holga kelib qolgan.

    Shu yilning sentabr oxirlarida esa Surxondaryoning Qumqo‘rg‘on tumanidagi 6,5 milliard so‘mga qurib bitkazilgan ko‘prik hech qancha vaqt xizmat ko‘rsatmay qulab tushgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Keyinroq viloyat hokimligi sifatsiz ko‘prik qurgan quruvchi ishini dastlab jinoyat ishi ochishni rad etgan transport prokuraturasi o‘rganayotganini ma’lum qilgandi.

    20.10.2020, 22:42   Izoh (0)   22750
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda mas’ul lavozimga tayinlanadigan shaxslar uchun o‘zbek tilini bilish bo‘yicha daraja sertifikati joriy etiladi

    20.10.2020, 22:27

    Shavkat Mirziyoyev o‘zbek tilini rivojlantirish bo‘yicha 2030-yilgacha mo‘ljallangan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

    20.10.2020, 21:59

    2020-yilning 9 oyida O‘zbekiston aholisining daromadi o‘sishdan to‘xtagani ma’lum bo‘ldi

    20.10.2020, 21:28

    Milliy gvardiya xodimlari Toshkentda Anhor kanaliga o‘zini tashlagan ayolni qutqarib qoldi

    20.10.2020, 21:13

    Abdulla Aripov Rossiya bosh vaziri bilan ikki mamlakat hukumat rahbarlari boshchiligidagi qo‘shma komissiya majlisiga tayyorgarlikni muhokama qildi

    20.10.2020, 20:46

    Rasul Kusherbayev Zangiotadagi koronavirus bemorlari davolanadigan kasalxona chiqindilari Chirchiq daryosi atrofiga tashlanayotganini ma’lum qildi

    20.10.2020, 20:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sharfga o‘ralib qolgan raqqosa, bedarak yo‘qolgan bosh vazir — g‘ayrioddiy va shubhali tarzda halok bo‘lgan dunyo mashhurlari

    Dunyo | 12 iyul, 21:16

    Kortni Koks, Bella Hadid va boshqalar: plastik operatsiya qildirganidan afsuslangan Gollivud yulduzlari

    Kino | 12 iyul, 20:35

    JW: Yevropa Ittifoqi Ukrainaning yo‘qotilgan hududlarini qaytarib olishidan manfaatdor emas

    Dunyo | 12 iyul, 20:20

    “Bu yil Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel qurish bo‘yicha shartnoma tuzamiz” — Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 20:03

    “Real” Vinisius bilan muzokaralarni to‘xtatdi

    Sport | 12 iyul, 20:00

    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

    Reklama | 12 iyul, 19:30

    Bir nafari halok bo‘lgan: Bosh prokuratura Toshkentda yetti bola basseynga cho‘kkani yuzasidan bayonot berdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 19:29
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.