Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Chirchiq daryosi ustiga qurilgan ko‘prik yaroqsiz holga kelayotgani tasvirlangan video yuzasidan holat voqea joyiga borib, mutaxassislar ishtirokida o‘rganildi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanali orqali ma’lum qilindi.

Kadr: Telegram

Kadr: Telegram

Videoda Qibray tumanidan Bo‘stonliq tumaniga eltuvchi ko‘prik ustunlari ostini suv yuvib ketgani tasvirlangan.

Ta’kidlanishicha, “Chirchiq bolta” ko‘prigi loyiha asosida, 21 metr chuqurlikda, tepa qismi 1,4 fundament qilinib, ustiga 7 metrli sakkizta ustun qoqilgan. Qurilish jarayonida hech qanday xatolikka yo‘l qo‘yilmagan.

“Oxiri xususiy tadbirkorlik subyektlari, shag‘al qazib olish [daryodan] korxonalariga borib taqalmoqda. Bu haqda tegishli tashkilotlarga xabar berdik, agar shu tariqa qazish ishlari davom ettirilsa, ko‘prikning xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi”, — deydi mutaxassis.

Ma’lum qilinishicha, loyihaga binoan tayanch ustunlari suv ta’siriga uchrashi mumkin, bunda me’yor 3-5 metr chuqurlikni tashkil etadi. Hozirda uning qariyb 1 metrini suv yuvgan. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, ko‘prik ustunlarining suv yuvib ketishiga sabab — ko‘prikning o‘n va chap tomonlarida xususiy shag‘al qazib olish ishlari olib borilishi.

“Mazkur tadbirkorlik subyektlari to‘g‘risida Toshkent viloyati prokuraturasiga ma’lumot berilgan. Hudud ikkita korxonaga berilgan. Korxonalar faoliyat turida o‘sha hududda joylashgan korxonalar uchun ekologik-ekspertiza xulosasida belgilangan talablari bor. Bu talablarning birinchisi — qazib olingan qum-shag‘al vositalaridan keyingi holatda suvni yuvib ketmaslik uchun dambalarni shakllantirish vazifasi yuklatilgan. Bu vazifani ikkala korxona ham bajarmaganligi hisobiga ko‘prikning ayrim qismlarida suv o‘zanining o‘zgarishi hisobiga yuvilish oqibati yuzaga kelgan. Davlat ahamiyatiga ega ko‘priklarning 2,5 kilometr atrofida faoliyat olib bormaslik to‘g‘risida ogohlantirish xatlari berilgan”, — deydi Ekologiya davlat qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Sobir Mashrabov.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?