So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12297.88
    • RUB 138.27
    • EUR 13496.92
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +11°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    Navoiyda 4 mlrd so‘mga qurilgan bolalar bog‘chasi 8 oy o‘tib ta’mirtalab ahvolga keldi

    20.10.2020, 14:23 20820

    Navoiy viloyatining Konimex tumanidagi 2-sonli “Oltin kalit” maktabgacha ta’lim tashkiloti shu yilning fevral oyida tantanali ravishda foydalanishga topshirilgan edi. Bog‘cha qurilishi uchun 4 milliard so‘m sarflangan. Shunga qaramasdan, hozirda muassasa ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan. “Gazeta.uz”ning yozishicha, bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalining “Fakt 24” ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.

    Foto: “Fakt 24” ko‘rsatuvidan kadr

    Foto: “Fakt 24” ko‘rsatuvidan kadr

    “Mart oyining ikkinchi yarmida barcha ta’lim tashkilotlari karantin sabab yopilgan bo‘lsa, yangi bog‘cha qancha muddat faoliyat yuritdiki ta’mirga muhtoj bo‘lsa, yaxshiyamki hali yog‘in-sochinli kunlar kelmadi. Xo‘sh, bunga sabab nima? Davlat tomonidan ajratilgan mablag‘ manzilga yetib bormadimi? Sifatli loyiha qog‘ozda qolib, unga ajratilgan milliardlar qayoqqa ketdi?” — deyiladi ko‘rsatuvda.

    Foto: “Fakt 24” ko‘rsatuvidan kadr

    Foto: “Fakt 24” ko‘rsatuvidan kadr

    Videodan ko‘rish mumkinki, binoning ichki devori va shiftida yoriqlar paydo bo‘lgan, bunga esa qurilish vaqtida g‘ishtlarning noto‘g‘ri terilgani sabab qilib ko‘rsatiladi. Konimex tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi boshlig‘i Xonimgul Norboyeva esa intervyu davomida: “Yuqori tashkilotimizga xat bilan chiqdik. Bo‘limimiz qurilish firmalariga chiqib, maslahatlashib, buzib, devorni qaytadan tiklash ishlari boshlanib ketdi”, — deya qayd etadi.

    “Devorni butunlay qaytadan qilib berish masalasini biz ko‘tarib chiqdik. Hech qanday devor qulamagan, faqat yoriq bo‘lgan edi. Yoriqni olib tashlab, gipsokarton bilan ta’mirlab berishdi. Bu qo‘shimcha hojatxona va yuvinish xonalarining devorlari”, — deydi bog‘cha direktori Bibigul Ahmedova.

    Shuningdek, ko‘rsatuvda Konimexda har kuni bir bino qurilib, rahbarlarning bosh qashishga vaqti yetmaydigan darajada bunyodkorlik bo‘lmayotgani, mahalliy hokimlik vakillari mas’uliyatsizligi, yangi bino shu ahvolda qurilib, buni hech kim nazoratga olmasligiga e’tibor qaratiladi.

    Ma’lumot o‘rnida, respublikada so‘nggi 4 yil ichida maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 3 barobarga oshib, 5200 tadan 14200 taga yetdi. Bolalarni qamrab olish esa 54 foizga yetkazilgan. Davlat xususiy sheriklik mexanizmi joriy etilishi natijasida 223 mingdan ortiq o‘ringa ega bo‘lgan 7400 ta xususiy bog‘cha tashkil qilindi.

    Avvalroq Toshkentning Anhor kanali ustidagi piyodalar ko‘prigi ustunlari yemirilayotgani tasvirlangan suratlar tarqalgan holat yuzasidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” izoh bergandi. Undan avval Chirchiq daryosi ustiga qurilgan ko‘prik yaroqsiz holga kelayotgani tasvirlangan video yuzasidan holat voqea joyiga borib, mutaxassislar ishtirokida o‘rganilgandi. Ekspertlarning xulosasiga ko‘ra, ko‘prik atrofdagi shag‘al qazuvchilar sabab yaroqsiz holga kelib qolgan.

    Shu yilning sentabr oxirlarida esa Surxondaryoning Qumqo‘rg‘on tumanidagi 6,5 milliard so‘mga qurib bitkazilgan ko‘prik hech qancha vaqt xizmat ko‘rsatmay qulab tushgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Keyinroq viloyat hokimligi sifatsiz ko‘prik qurgan quruvchi ishini dastlab jinoyat ishi ochishni rad etgan transport prokuraturasi o‘rganayotganini ma’lum qilgandi.

    Mavzuga doir: Farg‘onada 10 mlrd so‘mga qurilgan bolalar shifoxonasi foydalanishga topshirildi

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    × Lightbox Image

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Qrim qaytishni kutmoqda, Donbass bilan bu masala qiyin bo‘ladi”, — Zelenskiy Ukraina hududlarining ozod qilinishi haqida gapirdi

    Bugun, 16:44

    “Oilaviy” — yangi nazar, an’anaviy ta’m!

    Bugun, 16:30
    Reklama

    Kinokonsert atamasini o‘zbek shou-biznesiga olib kirgan “Benom” guruhining yangi konsertidan reportaj (video)

    Bugun, 16:32

    Toshkentga ishlash uchun kelgan 45 yoshli erkak o‘z joniga qasd qildi

    Bugun, 16:21

    O‘zbekistonda dollar rasmiy kursi yana pastladi

    Bugun, 16:06

    O‘zbekiston U-20 qizlar terma jamoasi Janubiy Koreyaga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi

    Bugun, 15:53

    Huawei va “Yuksalish” Umummilliy harakati “Bir million daraxt” doirasida navbatdagi ekoaksiyani o‘tkazdi

    Bugun, 15:00
    Reklama

    Toshkent metrosida kaftni skanerlash orqali to‘lov qilish tizimi ishga tushirildi

    Bugun, 15:37

    O‘zbekistonda 5 yillik ish staji bilan pensiyaga chiqish mumkinmi?

    Bugun, 15:30

    2022-yilda Yevropa Ittifoqining harbiy xarajatlari rekord darajada — 240 milliard yevroni tashkil qildi

    Bugun, 15:25

    Yil boshidan beri Hindiston deyarli har kuni tabiiy ofatlarga duch kelmoqda

    Bugun, 15:08

    Estoniya Rossiya bilan chegarani yopishga tayyorligini ma’lum qildi

    Bugun, 15:00

    Tavsiya etamiz

    Ta’ziyaga kelgan sobiq birinchi xonimlar, ish tashlagan o‘qituvchilar, muhtojlarga tayyorlangan kimchi — 29-noyabr suratlari

    23:00 / 29.11.2023

    Marsda yashashga tayyorgarlik, chiqindi qutisini titayotgan yigit, go‘zallik ma’budasi tug‘ilgan joy — 28-noyabr suratlari

    23:00 / 28.11.2023

    Uylariga qaytayotgan falastinliklar, butun boshli shaharni vayron qilgan to‘fon, Yangi yilga bezatilgan Oq uy — 27-noyabr suratlari

    23:00 / 27.11.2023

    Falastinliklar uchun ommaviy qabr, mehmonxonaga joylashgan kurkalar, Shukronalik kuniga bag‘ishlangan parad — hafta suratlari

    22:00 / 26.11.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.