Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Massachusets shtatining Uerxem shahri aholisi Broud Kouv ko‘rfazida akulaga o‘xshash ulkan baliqqa yordam kerakligini aytib, mahalliy politsiya mahkamasiga telefon qo‘ng‘iroqlarini yog‘dirmoqda, deb xabar beradi New York Post.

Foto: New York Post

Foto: New York Post

Hodisa joyiga yetib borgan shahar Tabiiy resurslar departamenti mutaxassislari bu oybaliq ekanligini va unga hech narsa qilmaganini aniqlagan.

Biroq politsiyaga bo‘layotgan qo‘ng‘iroqlar tinmagan va huquq-tartibot organi xodimlari aholidan bu borada boshqa telefon qilmasliklarini iltimos qila boshlagan.

“Broud Kouvdagi baliqdan xabarimiz bor. Biz uni tekshirdik, unga hech narsa qilmagan. U shunchaki suzib yuribdi. U azob chekmayapti va hech qayerga tiqilib qolgani yo‘q. Oybaliq ajoyib. Hozirda ob-havo cho‘milishga imkon bermayotgani uchun unga hasad qilmanglar. Politsiyaga qo‘ng‘iroq qilishni to‘xtating”, — deyiladi departament xodimlari bayonotida.

Avvalroq Meksikaning Oaxaka shtati Puerto-Eskondido shahrida yashovchi yosh baliqchi ulkan baliq tutib olgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda pomidor narxi barqarorlashdi