Italiya A Seriyasi 4-turining so‘nggi o‘yinida “Jenoa” safarda “Verona”ga qarshi bahs yuritadi.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi.
Rolando Maran “Jenoa”ning asosiy tarkibini e’lon qildi. Undan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov ham o‘rin oldi.
Shu tariqa Eldor A Seriyadagi debyut uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushadi.
A Seriya
4-tur bahsi
19-oktabr, dushanba
23:45 “Verona” — “Jenoa”
“Verona” (3-4-2-1): Silvestri; Lovato, Chekerini, Empereur; Faraoni, Veyra, Ilich, Lazovich; Tamez, Kolli; Favilli“Jenoa” (3-5-2): Perin; Goldaniga, Sapata, Masiyello; Gilyone, Badel, Radovanovich, Rovella, Chiborra; Pandev, Shomurodov.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)