Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 5-turida “Liverpul” 17-oktabr, shanba kuni “Everton” maydonida mehmon bo‘ldi.
Uchrashuvning 3-daqiqasidayoq Sadio Mane mehmonlarni oldinga olib chiqdi. 11-daqiqada “qizillar” himoyachisi Virjil van Deyk raqib darvozaboni to‘qnashib ketdi va jarohat olib maydonni tark etdi. Maykl Kin 19-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Birinchi bo‘limning ikkinchi yarmida mezbonlar vakili Sheymus Koulmen jarohat oldi.
Ikkinchi bo‘lim ham qiziqarli kurash va keskinlikka boy bo‘ldi. 72-daqiqada Muhammad Saloh o‘zining chiroyli goli bilan yana jamoasini oldinga olib chiqdi. 81-daqiqada Dominik Kelvert-Lyuin boshi bilan mehmonlar darvozasini ishg‘ol qildi.
O‘yin yakunlanishi arafasida Risharlison o‘ta qo‘pol harakati uchun maydondan chetlatildi.
Shu tariqa Karlo Anchelotti shogirdlarining g‘alabali seriyasiga yakun yasaldi.
APL
5-tur bahsi
17-oktabr, shanba
“Everton” — “Liverpul” 2:2
Gollar: 0:1 – 3 Mane, 1:1 – 19 Kin, 1:2 – 72 Saloh, 2:2 – 81 Kelvert-Lyuin.“Everton”: Pikford, Din, Mina, Koulmen (Godfri, 31), Kin, Andre Gomesh (Sigurdsson, 72), Dukure (Ivobi, 78), Allan, Xames, Risharlison, Kelvert-Lyuin.
“Liverpul”: Adrian, van Deyk (Gomes, 11), Aleksander-Arnold, Matip, Robertson, Fabinyo (Veynaldum, 90), Henderson, Mane, Tiago Alkantara, Saloh, Firmino (Diogu Jota, 78).
Ogohlantirishlar: Xames (45), Mane (67), Andre Gomesh (69), Fabinyo (84), Allan (84).
Chetlatish: Risharlison (90).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)