Fransiya terma jamoasi Millatlar Ligasi 4-turida Xorvatiyani mag‘lubiyatga uchratdi (2:1).
Bu fransuzlar darvozaboni Ugo Lyoris uchun terma jamoa safidagi 72-rasmiy o‘yin bo‘ldi.
33 yoshli kiper bu borada Lilian Tyuramning (71) rekordini yangiladi. Uchinchi o‘rinda Tyerri Anri (66) qayd etilgan.
Umumiy hisobda “Tottenhem” posboni Fransiya terma jamoasida 118 ta o‘yinda maydonga tushgan. Bu borada rekord Tyuramga tegishli — 142 o‘yin.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)