Italiyaning Tuttosport nashri Yevropada yilning eng yaxshi yosh o‘yinchisiga topshiriladigan Golden Boy sovriniga da’vogarlar yigirmatalik ro‘yxatini e’lon qildi.
G‘olib 14-dekabr kuni e’lon qilinadi.
Golden Boy — 2020 sovriniga da’vogarlar ro‘yxati bilan tanishing: Mitchel Bakker (PSJ), Eduardo Kamavinga (“Renn”), Jonatan Devid (“Lill”), Alfonso Devis (“Bavariya”), Serjinyo Dest, Ansu Fati (ikkisi — “Barselona”), Fabiu Silva (“Vulverhempton”), Fil Foden, Ferran Torres (ikkisi — “Manchester Siti”), Meyson Grinvud (“Manchester Yunayted”), Rayan Gravenberh (“Ayaks”), Erling Holand, Jeydon Sancho (ikkisi — “Borussiya D”), Kallum Hadson-Odoi (“Chelsi”), Deyan Kulusevski (“Yuventus”), Rodrigo Goes, Vinisius Junior (ikkisi — “Real”), Bukayo Saka (“Arsenal”), Dominik Soboslai (“Zalsburg”) va Sandro Tonali (“Milan”).
Ma’lumot uchun, Tuttosport tomonidan tashkil etilgan sovrin har yili 21 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi futbolchiga taqdim etiladi.
2019-yilda sovrin “Atletiko” hujumchisi Joau Feliksga topshirilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)