Ukraina Oliy sudi mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiyni o‘z xizmat vazifalarini bajarayotgan vaqtida davlat tilida gapirishga majbur qildi. Bu haqda “Zn.ua” xabar berdi.
“Oliy sud Ukraina prezidenti xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida davlat tilida gapirishga majbur ekanligini tan oldi”, — deyiladi Oliy sud xabarida.
Qayd etilishicha, sudga murojaat qilgan shaxs Ukraina prezidentining 2019-yil 23-maydagi iForum-2019 internet arboblari forumida davlat tilida gaplashganini noqonuniy deb topishni so‘ragan. Shuningdek, da’vogar javobgarni Ukrainaning butun hududida o‘z vakolatlarini bajarish chog‘ida davlat tilida so‘zlashishdan tiyilishga majbur qilishni so‘ragan.
Ma’lum qilinishicha, Oliy sud tarkibidagi kassatsiya sudi da’vogar tomonidan bildirilgan talablarni to‘liq hajmda qanoatlantirishdan bosh tortgan. Oliy sudning Katta palatasi Ukraina prezidenti o‘z xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida davlat tilida gapirishga majbur ekanligini tan olgan.
“Konstitutsiyada nazarda tutilgan vakolatlarni bajarish chog‘ida emas, balki siyosiy faoliyat doirasida amalga oshirilgan harakatlar uchun prezident yuridik emas, balki siyosiy javobgarlikni o’z zimmasiga oladi. Bayon qilinganlarni inobatga olib, Oliy sudning Katta palatasi ishni yopdi, chunki da’vogar tomonidan bildirilgan talablar ma’muriy sud tartibida ko‘rib chiqilmaydi”, — deyiladi sud xabarida.
Ukraina Oliy radasi 2019-yilda ukrain tilining davlat tili sifatida ishlashini ta’minlash haqidagi qonunni qabul qilgan. Qonunga ko‘ra, ukrain tili davlat tashkilotlari va jamiyatda faoliyat olib borishda asosiy til sifatida tasdiqlangan. Qonunni ma’qullab 278 nafar deputat ovoz bergan. “Muxolifat bloki” va “Vozrojdeniye” fraksiyalari qonunga qat’iy qarshi chiqqan va ular keyinchalik qonunning imzolanishini to‘xtatgan.
Zelenskiy prezidentlikka nomzod bo‘lgan paytda davlat rahbari bo‘lganidan keyin ukrain tilini himoya qilishga va’da bergan va til haqidagi qonunda “ba’zi masalalar” borligini ta’kidlagan.
Prezidentlikka saylanganidan bir necha oy o‘tgach, Zelenskiy Donetsk va Lugansk viloyatlarida rus tiliga maxsus til maqomini berish mumkin, deb hisoblashini ma’lum qilgan.
Prezidentlikning birinchi yili o‘tgach, Zelenskiy Ukrainada til masalasi yo‘qligini ma’lum qilgan. Zelenskiy rasmiy chiqishlar vaqtida rus tilidan kamroq foydalanadigan bo‘lgan, biroq ba’zan uni ishlatib turadi.